O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Tranzaksiyalarga bo‗lgan talablar


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Tranzaksiyalarga bo‗lgan talablar
Tranzaksiyalarga bo‗lgan talablardan eng keng tarqalganlardan biri – bu 
ACID (Atomicity, Consistency, Isolation, Durability) to‗plamidir. 
Bular har qanday tranzaksiya ega bo‗lishi kerak bo‗lgan xususiyatlar: 
Atomarlik (Atomicity) — hech qanday tranzaksiya qisman qayd etilmasligi lozim; 
Kelishilganlik (Consistency) — tizim tranzaksiya boshlanishidan oldin kelishilgan 
holatda bo‗lishi va tranzaksiya tugagandan keyin kelishilgan holatda qolishi lozim; 
Yakkalanganlik (Isolation) — tranzaksiyani bajarish vaqtida parallel tranzaksiyalar 
uning natijasiga ta‘sir ko‗rsatmasligi lozim; 
Ishonchlilik 
(Durability) — 
nosozlik 
holatida 
tranzaksiya 
tomonidan 
muvaffaqiyatli tugatilgan o‗zgarishlar tizim ishga qaytishidan so‗ng saqlanib 
qolgan bo‗lishi lozim. 
 
Транзакцияни орқага қайтариш 


16 
Tranzaksiyalarni qayta ishlash 
Tranzaksiyalarni qayta ishlash kompyuter tizimlarini (odatda ma‘lumotlar 
bazasini yoki biror zamonaviy fayl tizimlarini) tizimda amalga oshiriladigan har 
qanday amaliyotlar o‗zaro bog‗liq va barchasi muvaffaqiyatli tugatilgan yoki to‗liq 
va muvaffaqiyatli bekor qilingan bo‗lishini ta‘minlash yordamida ma‘lum, 
kelishilgan holatda saqlashga qaratilgan.
Misol uchun, mijozning omonat raqamidan mijozning hisob raqamiga 700 
dollar o‗tkazishdan iborat odatiy bank tranzaksiyasini ko‗rb chiqamiz. Ushbu 
tranzaksiya bank uchun bitta amaliyotdir, ammo kompyuter atamasida kamida 
ikkita alohida amaliyotni o‗z ichiga oladi: depozit raqamga 700 dollar kiritiladi, 
hamda 700 dollarga hisob raqami kreditlanadi. 
Debet amaliyotlari muvaffaqiyatli, kredit amaliyotlari esa muvaffaqiyatsiz 
(yoki aksincha) o‗tsa, bank kitoblarida kun yakunida qoldiq bo‗lmaydi. SHu bois 
ikkala amaliyot yo muvaffaqiyatli, yo muvaffaqiyatsiz bo‗lishini kafolatlaydigan 
usul bo‗lmoq lozimki, umuman olganda bankning ma‘lumotlar bazasida hech 
qachon hech qanday nomuvofiqlik bo‗lmaydi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash shuni 
ta‘minlashga mo‗ljallangan [1]. 
Tranzaksiyalarni qayta ishlash bir nechta alohida amaliyotlarga avtomatik 
ravishda bir-biriga, yagona bo‗linmas tranzaksiyaga o‗xshab, bog‗liq bo‗lishga 
imkon beradi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari tranzaksiyadagi yo barcha 
amaliyotlar, yo hech qaysisi xatosiz tugatilishiga kafolat beradi. Agar ba‘zi 
amaliyotlar xatolar bilan, boshqalari xatosiz tugatilsa, tranzaksiyalarni qayta 
ishlash 
tizimlari 
tranzaksiyadagi 
barcha 
amaliyotlarni 
(shu 
jumladan, 
muvaffaqiyatlilarni) “orqaga qaytarish” ga buyruq beradi, bu esa amaliyotning 
barcha izlarining o‗chirilishi va tizimni tranzaksiya jarayoni boshlanishidan oldingi 
kelishilgan ma‘lum holatiga qayta tiklanishini bildiradi. Agar tranzaksiyaning 
barcha amaliyotlari muvaffaqiyatli tugatilgan bo‗lsa, tranzaksiya tizimda qayd 
etiladi va ma‘lumotlar bazasidagi barcha o‗zgarishlar ―doimiy‖ bo‗lib qoladi; 
tranzaksiyalar amalga oshirilib bo‗lgandan keyin bekor qilina olmaydi. 
Tranzaksiyalarni qayta ishlash tranzaksiyalarni qisman tugallangan, 
noma‘lum, ziddiyatli holatdagi tizim bilan qoldiradigan apparat va dasturiy 
xatolardan himoya qiladi. Kompyuter tizimida tranzaksiya o‗rtasida nosozlik ro‗y 
bersa, tranzaksiyalarni qayta ishlash har qaqsi qayd etilmagan (ya‘ni, to‗liq qayta 
ishlanmagan) tranzaksiyalardagi barcha amaliyotlar bekor qilinishini kafolatlaydi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling