O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blokcheyndagi bloklar va ularning o‗zaro aloqasi
1.3. Blokcheyn texnologiyasi
1.3.1. Blokcheynning asosiy tushunchalari Blokcheyn (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma‘lum qoidalarga ko‗ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga bog‗langan ro‗yxat). Bloklar – tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to‗g‗risidagi kriptografik shaklda namoyon bo‗lgan ma‘lumotlardir. Barcha bloklar ba‘zi bir yoki barcha so‗nggi tranzaksiyalar yoziladigan zanjirdan tuzilgan. YOzib olish tugagandan keyin blok doimiy ma‟lumotlar bazasi rolini o‗ynaydigan umumiy zanjirga qo‗shilib ketadi. Navbatdagi blok tugashi bilanoq keyingisini yaratish boshlanadi (4.3.1-rasm): 1.3.1-rasm. Blokcheyn Bloklar o‗rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o‗z xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta‘minlanadi. Blokdagi ma‘lumotni o‗zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir qilishga to‗g‗ri keladi. Ko‗pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko‗plab turli kompyuterlarda bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma‘lumotlarni o‗zgartirishni g‗oyat qiyinlashtiradi. Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin bo‗lgan barcha o‗zgarishlar haqidagi ma‘lumotni o‗z ichiga oladi. Blokcheyndagi bloklar va ularning o‗zaro aloqasi Bitkoin blokcheynini ko‗rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma‘lumotlardan iborat (1.3.2-rasm): Blok versiyasini; Blok yaratilishi sanasi va vaqti; Blok sarlavhasi xesh-kodi; Blokdagi barcha tranzaksiyalar xesh-kodi; Mayningda yoziladigan maxsus Nonce va Bits parametrlari. Blok sarlavhasi xesh-kodi – bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog‗laydigan narsadir. U keyingi blok sarlavhasiga oldingi blok 19 xesh-kodi deb yoziladi. U Myorkl daraxti (Merkle tree) yoki xeshlar binar daraxti sifatida ma‘lum bo‗lgan algoritmdan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bunday blok zanjirga kiritilishi bilan, keyinchalik uni o‗zgartirib bo‗lmaydi. Blokcheynning fundamental tamoyillaridan biri shundan iboratdir. Blokcheynda ma‘lumotlarni yozib olish yanada xavfsizroq aloqani ta‘minlaydigan kriptografiya protokollari yordamida, hamda ma‘lumotlarni uzatishning bank tarmoqlarida amalga oshiriladi. Blok zanjirini shakllantirishda unga faqat ishonchli ma‘lumotlari bor bloklar tushishi mumkin. SHunga muvofiq, hammaga ma‘lum axborotni zanjirning mavjud bo‗lgan har qanday blokida soxtalashtirib yoki almashtirib bo‗lmaydi. Blokcheyndagi barcha ma‘lumotlar yig‗ilib boradi va muntazam to‗ldirilib boriladigan ma‘lumotlar bazasini shakllantiradi. Ushbu ma‘lumotlar bazasidan hech narsani o‗chirib bo‗lmaydi yoki blokni almashtirib/o‗zgartirib bo‗lmaydi. Bu blokcheynning asosiy jihatlaridan biridir. 2.3.2-rasm. Bitkoin blokcheyni bloki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling