O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Bir darajali tarmoqlar 
Ma‘lumotlar bazasi tizimni tashkil etgan ko‗p sonli tugunlarga taqsimlangan. 
Tarmoqqa ulanishda har bir kompyuter barcha yozuvlarni o‗z ichiga olgan va barcha 
qachonlardir bo‗lib o‗tgan tranzaksiyalar isboti bo‗lgan zanjir nusxasiga ega bo‗ladi.
Blokcheynni tranzaksiyalarni yozib olishda qo‗llash uchun blokcheynni 
manzilingizga yoki hamyoningizga tranzaksiya bo‗ldimi, yo‗qmi predmetiga 
tekshirish imkoniyatiga ega bo‗lish lozim. 
Agar blokcheyn faqat bitta kompyuterda saqlansa va u birdan o‗chirilgan 
bo‗lib qolsa edi, bu holat muammo chiqargan bo‗lardi. 
Aslida, blokcheynning amaldagi holati yuklanadi, sinxronlashadi va butun 
dunyodagi ko‗plab kompyuterlar tomonidan taqdim etiladi. 
Bu kompyuterlar ―tugunlar‖ yoki ―nodlar‖ (nodes) deb ataladi, va ular bir 
darajali tarmoqda birgalikda, blokcheyn xavfsiz va dolzarb ekanligini kafolatlash 
uchun ishlaydi. Bir darajalipeer-to-peer (P2P) deb ham ataladigan tarmoq, unga 
birlashgan barcha kompyuterlar bir xil huquqqa ega va asosiy (markaziy 
boshqaruvchi) server yo‗qligini bildiradi.
Bir darajali tarmoqlar tugunlaridan har biri blokcheynning to‗liq, 
yangilangan versiyasini saqlaydi. Har safar, yangi blok qo‗shilganda, barcha 
tugunlar o‗z blokcheynini yangilaydi. 
Bir darajali tarmoqdan foydalanish muayyan afzalliklarga ega: 
Har doim, o‗tkazgich dasturidan (blockchain explorer) foydalanib, blokcheyn 
holatini tekshirish mumkin; 
 Blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bir tomonga ishonish kerak 
emas; 
 Blokcheyn himoyalangan ekanligini bilish uchun faqat bitta server xavfsizligiga 
ishonish kerak emas; 
 Tajovuzkor odamga bir vaqtning o‗zida bitta server emas, minglab kompyuterlarni 
buzishga to‗g‗ri keladi; 
 Blokcheyn hech qachon yo‗qolmaydi degan ishonch bor, chunki buning uchun uni 
barcha tugunlar yo‗qotishi kerak bo‗ladi. 
1.3.3-rasm. Tarmoq tuzilishi


21 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling