O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗zini tekshirish uchun savollar
Tranzaksiyalar turlari
Tranzaksiya – pul mablag‗larini o‗tkazish bo‗yicha amaliyot, oldi-sotdi bitimini amalga oshirish. Tranzaksiya natijasi – har doim mijoz hisob raqami holatining o‗zgarishi bo‗ladi, u bankdagi hisob raqammi yoki plastik karta egasining karta hisob raqamimi, baribir. 17 Bundan kelib chiqib, tranzaksiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Bank turi – bunda pul bir hisob raqamdan boshqasiga o‗tkaziladi; Bankomat turi – bunda bankomat orqali plastik karta bo‗yicha naqd pullar echiladi yoki biror xizmatlarga to‗lov qilinadi; Ma‟lumotlar bazalaridagi tranzaksiyalar. Ma‘lumotlar bazasini xotiraning alohida sohasida saqlanadigan ma‘lumotlar jadvali ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Ushbu jadvalga yangi ma‘lumotlar kiritish yoki eskilarini o‗zgartirish mumkin. Aslida, shu o‗zgarishlarning o‗zi tranzaksiyalar deb atalib, ular ham ikki holatga ega bo‗lishi mumkin – muvaffaqiyatli yoki yo„q. Agar tizim tranzaksiyani qabul qilmasa, ma‘lumotlar bazasi dastlabki (undan avvalgi) holatga qaytadi. Bitkoin va boshqa kriptografik valyuta tranzaksiyasi. Kriptovalyutalarning elektron o‗tkazmalari analogik bank amaliyotlari bilan faqat u erda ham, bu erda ham pul mablag‗lari bilan harakatlar amalga oshirilishi bilan o‗xshaydi: birinchi holatda – raqamli pullar bilan, ikkinchisida – standart pullar, ya‘ni so‗m, dollar, evro va hk. Tranzaksiyalar ikki usulda bajariladi: Onlayn-tranzaksiyalar – barcha hisob-kitoblar (mablag‗larni hisob raqamdan echish, tushirish, berish) real vaqt rejimida amalga oshiriladi, masalan, bitta bank doirasida amalga oshiriladigan bankomat yoki bank tranzaksiyalari; Offlayn-tranzaksiyalar – bu holda jarayon ishtirokchilari o‗rtasida bevosita aloqa bo‗lmaydi, va hisob-kitoblar birmuncha vaqt o‗tgach amalga oshiriladi. SHu asnoda, misol uchun, bankda ish haqining tushirilishi amalga oshirilib, bunda tashkilot hisob raqamidan umumiy summa echiladi va xodimlarning karta- hisoblariga tegishli qismlarda tushiriladi. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Tranzaksiyaga ta‘rif bering. 2. Tranzaksiya nechta holatda bo‗lishi mumkin? 3. Tranzaksiyani tugatish variantlarini ayting. 4. Tranzaksiyani qayd etish deb nimaga aytiladi? 5. Tranzaksiyani orqaga qaytarish deb nimaga aytiladi? 6. Ma‘lumotlar bazasi yaxlitligi nima yordamida amalga oshiriladi? 7. Tranzaksiyalarga qo‗yiladigan talablarni ayting. 8. Tranzaksiyalarni qayta ishlash nimaga imkon beradi? 9. Tranzaksiyalarni qayta ishlashda qaysi harakatlar amalga oshiriladi? 10. Tranzaksiyalar turlarini ayting. 11. Tranzaksiyalar qanday usullarda bajariladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling