O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ko‗chki ta‘siri
- Xesh-funksiyalarning qo‗llanilish sohalari
2. Tez hisoblash
Xesh-funksiya dastlabki ma‘lumotlarni tez qaytarishi kerak. Aks holda tizim samarali bo‗lmaydi. Ayniqsa bu blokiga ko‗p sonli tranzaksiyalar kiradigan mashhur kriptovalyutalar uchun dolzarbdir. 3. Nizoli vaziyatlarga qarshilik Xeshlashtirish jarayonidan o‗tganidan keyin bir xil xeshga ega bo‗lgan ikkita kirish ma‘lumotini topish ehtimoli maksimal darajada nolga yaqinlashtirilgan bo‗lishi lozim. Ushbu xususiyat kriptovalyutalarda raqamli xavfsizlik masalasi to‗g‗risida gapirganimizda juda muhim ahamiyatga egadir. Kriptografiyada ikkinchi bir xil xesh topish imkoniyatiga qarshi turish qobiliyati nizolarga qarshilik deb ataladi. 4. Ko‗chki ta‘siri Xeshlashtirish jarayonidagi ushbu xususiyat kiritilayotgan ma‘lumotlarga hatto kichik o‗zgartirish kiritish xeshning keskin o‗zgarishlariga olib keladi. Yuqorida keltirilgan misol 1 da bitta harfning o‗zgarishi butunlay boshqa xesh hosil bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Kriptografik xesh-funksiyalarning ushbu xususiyati blokcheyn xavfsizligi va ishonchliligini ta‘minlashda eng bosh rollardan birini o‗ynaydi. Har bir blok oldingi blok xeshini o‗z ichiga oladi, va bir blokning ma‘lumotlarini o‗zgartirish 11 uchun oldingi blok ma‘lumotlarini o‗zgartirish lozim – va shu tariqa zanjir bo‗ylab birinchi blokgacha ketadi. Xesh-funksiyalarning qo‗llanilish sohalari Xesh-funksiyalar o‗zining keng rivojlanishi va qo‗llanilishiga axborot, kommunikativ va tarmoq texnologiyalari rivojlanishi bilan ega bo‗ldi. Hozirgi vaqtda ular kriptografiyaga, ma‘lumotlarni uzatish xavfsizligiga, axborotni himoya qilishga va boshqalarga asoslanadigan ko‗plab masalalarni echish uchun keng qo‗llaniladi. Quyida ulardan eng muhim va talab etilganlari ko‗rib chiqilgan: 1. Oddiy xesh-funksiyalar Internet tarmog‗ida paketlarni uzatishdagi yaxlitlikni TCP/IP va boshqa protokollar va algoritmlar bo‗yicha tekshirishda apparat xatolari va nosozliklarni aniqlash uchun qo‗llaniladi. Agar xesh- summaning hisoblab chiqarilgan ma‘nosi paket bilan yuborilgan nazorat summasi bilan bir xil bo‗lsa, bu paketda yo‗qotishlar yoki axborot o‗zgartirilishi bo‗lmaganini bildiradi. 2. Blokcheyn texnologiyasida ham o‗xshash sxema ishlatilib, unda xesh to‗lovlar zanjiri yaxlitligining kafolati bo‗lib chiqadi va uni sanksiya bo‗lmagan o‗zgarishlardan himoya qiladi. Xesh-funksiyalar tufayli blokcheyn yaxlitligini buzish juda mushkul. Shu sababli uning asosida ko‗plab kriptovalyutalar, shu jumladan, eng mashhur bo‗lgan kriptovalyuta – Bitkoin yaratilgan. Ta‘kidlash joizki, Bitkoin 2009 yildan beri mavjud bo‗lib, hozirgacha uning yaxlitligi buzilmagan. 3. Xeshlashtirish texnologiyasi tufayli elektron raqamli imzo (ERI) texnologiyasini yaratish imkoni paydo bo‗lib, u so‗nggi vaqtlarda keng rivojlanmoqda va qo‗llanilmoqda. Xesh yordamida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatning haqiqiyligi tekshiriladi. O‗zgaruvchan (odatda katta) hajmdagi qo‗l qo‗yiladigan hujjatlarda elektron raqamli imzo ko‗pincha hujjatning o‗ziga emas, xeshga qo‗yiladi. Xeshni hisoblab chiqarish uchun kriptografik xesh-funksiyalar ishlatiladi, bu esa imzoni tekshirishda hujjatning o‗zgarishi aniqlanishini kafolatlaydi. Xesh-funksiyalar elektron raqamli imzo algoritmi qismi emas, shuning uchun sxemada har qanday ishonchli xesh-funksiya qo‗llanilishi mumkin. 4. Login va parol bo‗yicha sayt va serverlarga kirish uchun ko‗pincha xeshlashtirish qo‗llaniladi. Parollarni ochiq holda saqlash ishonchli emas. SHuning uchun barcha parollar xeshlari saqlanadi. Foydalanuvchi o‗z paroli belgilarini kiritadi, maxsus dastur bir zumda uning xesh-summasini hisoblab chiqib, saytning ma‘lumotlar bazasida saqlanadigan xesh-summa bilan qiyoslanadi. Xeshlashtirishning bunday turi xesh bo‗yicha parolni tiklab bo‗lmasligi uchun juda yuqori kriptochidamli bo‗lgan murakkab funksiyalardan foydalanadi. Xesh-funksiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi: 12 Hisoblash murakkabligi. Odatda elektron hujjat xeshi dastlabki hujjat hajmiga qaraganda ko‗p marta kichik hajmda qilinadi, va xesh hisoblash algoritmlari elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda ancha tezroqdir. SHu sababli xesh hujjatni shakllantirish va imzolash hujjatning o‗zini imzolashdan ancha tezroq bo‗ladi. Moslik. Ko‗p algoritmlar bit ma‘lumotlar satrlari bilan faoliyat yuritadi, ammo ba‘zilari boshqa taqdimotlarni ishlatadi. Xesh-funksiyani ixtiyoriy kirish matnini to‗g‗ri keladigan formatga o‗zgartirish uchun qo‗llash mumkin. Yaxlitlik. Xesh-funksiyadan foydalanmasdan katta elektron hujjatni elektron raqamli imzo qo‗llash uchun ancha kichik bloklarga bo‗lish kerak. Hujjatning haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklar olinganligi va ular to‗g‗ri tartibdaligini aniqlab bo‗lmaydi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling