O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

2. Tez hisoblash 
 
Xesh-funksiya dastlabki ma‘lumotlarni tez qaytarishi kerak. Aks holda tizim 
samarali bo‗lmaydi. Ayniqsa bu blokiga ko‗p sonli tranzaksiyalar kiradigan 
mashhur kriptovalyutalar uchun dolzarbdir. 
3. Nizoli vaziyatlarga qarshilik 
 
Xeshlashtirish jarayonidan o‗tganidan keyin bir xil xeshga ega bo‗lgan ikkita 
kirish ma‘lumotini topish ehtimoli maksimal darajada nolga yaqinlashtirilgan 
bo‗lishi lozim. Ushbu xususiyat kriptovalyutalarda raqamli xavfsizlik masalasi 
to‗g‗risida gapirganimizda juda muhim ahamiyatga egadir. Kriptografiyada 
ikkinchi bir xil xesh topish imkoniyatiga qarshi turish qobiliyati nizolarga qarshilik 
deb ataladi.
4. Ko‗chki ta‘siri 
Xeshlashtirish jarayonidagi ushbu xususiyat kiritilayotgan ma‘lumotlarga 
hatto kichik o‗zgartirish kiritish xeshning keskin o‗zgarishlariga olib keladi. 
Yuqorida keltirilgan misol 1 da bitta harfning o‗zgarishi butunlay boshqa xesh 
hosil bo‗lishiga sabab bo‗ldi. 
Kriptografik xesh-funksiyalarning ushbu xususiyati blokcheyn xavfsizligi va 
ishonchliligini ta‘minlashda eng bosh rollardan birini o‗ynaydi. Har bir blok 
oldingi blok xeshini o‗z ichiga oladi, va bir blokning ma‘lumotlarini o‗zgartirish 


11 
uchun oldingi blok ma‘lumotlarini o‗zgartirish lozim – va shu tariqa zanjir bo‗ylab 
birinchi blokgacha ketadi. 
Xesh-funksiyalarning qo‗llanilish sohalari 
Xesh-funksiyalar o‗zining keng rivojlanishi va qo‗llanilishiga axborot, 
kommunikativ va tarmoq texnologiyalari rivojlanishi bilan ega bo‗ldi. Hozirgi 
vaqtda ular kriptografiyaga, ma‘lumotlarni uzatish xavfsizligiga, axborotni himoya 
qilishga va boshqalarga asoslanadigan ko‗plab masalalarni echish uchun keng 
qo‗llaniladi. Quyida ulardan eng muhim va talab etilganlari ko‗rib chiqilgan: 
1. Oddiy xesh-funksiyalar Internet tarmog‗ida paketlarni uzatishdagi 
yaxlitlikni TCP/IP va boshqa protokollar va algoritmlar bo‗yicha tekshirishda 
apparat xatolari va nosozliklarni aniqlash uchun qo‗llaniladi. Agar xesh-
summaning hisoblab chiqarilgan ma‘nosi paket bilan yuborilgan nazorat summasi 
bilan bir xil bo‗lsa, bu paketda yo‗qotishlar yoki axborot o‗zgartirilishi 
bo‗lmaganini bildiradi. 
2. Blokcheyn texnologiyasida ham o‗xshash sxema ishlatilib, unda xesh 
to‗lovlar zanjiri yaxlitligining kafolati bo‗lib chiqadi va uni sanksiya bo‗lmagan 
o‗zgarishlardan himoya qiladi. Xesh-funksiyalar tufayli blokcheyn yaxlitligini 
buzish juda mushkul. Shu sababli uning asosida ko‗plab kriptovalyutalar, shu 
jumladan, eng mashhur bo‗lgan kriptovalyuta – Bitkoin yaratilgan. Ta‘kidlash 
joizki, Bitkoin 2009 yildan beri mavjud bo‗lib, hozirgacha uning yaxlitligi 
buzilmagan. 
3. Xeshlashtirish texnologiyasi tufayli elektron raqamli imzo (ERI) 
texnologiyasini yaratish imkoni paydo bo‗lib, u so‗nggi vaqtlarda keng 
rivojlanmoqda va qo‗llanilmoqda. Xesh yordamida elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlangan elektron hujjatning haqiqiyligi tekshiriladi. O‗zgaruvchan (odatda 
katta) hajmdagi qo‗l qo‗yiladigan hujjatlarda elektron raqamli imzo ko‗pincha 
hujjatning o‗ziga emas, xeshga qo‗yiladi. Xeshni hisoblab chiqarish uchun 
kriptografik xesh-funksiyalar ishlatiladi, bu esa imzoni tekshirishda hujjatning 
o‗zgarishi aniqlanishini kafolatlaydi. Xesh-funksiyalar elektron raqamli imzo 
algoritmi qismi emas, shuning uchun sxemada har qanday ishonchli xesh-funksiya 
qo‗llanilishi mumkin. 
4. Login va parol bo‗yicha sayt va serverlarga kirish uchun ko‗pincha 
xeshlashtirish qo‗llaniladi. Parollarni ochiq holda saqlash ishonchli emas. SHuning 
uchun barcha parollar xeshlari saqlanadi. Foydalanuvchi o‗z paroli belgilarini 
kiritadi, maxsus dastur bir zumda uning xesh-summasini hisoblab chiqib, saytning 
ma‘lumotlar 
bazasida 
saqlanadigan 
xesh-summa 
bilan 
qiyoslanadi. 
Xeshlashtirishning bunday turi xesh bo‗yicha parolni tiklab bo‗lmasligi uchun juda 
yuqori kriptochidamli bo‗lgan murakkab funksiyalardan foydalanadi.
Xesh-funksiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi: 


12 
Hisoblash murakkabligi. Odatda elektron hujjat xeshi dastlabki hujjat hajmiga 
qaraganda ko‗p marta kichik hajmda qilinadi, va xesh hisoblash algoritmlari 
elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda ancha tezroqdir. SHu sababli xesh 
hujjatni shakllantirish va imzolash hujjatning o‗zini imzolashdan ancha tezroq 
bo‗ladi. 
Moslik. Ko‗p algoritmlar bit ma‘lumotlar satrlari bilan faoliyat yuritadi, ammo 
ba‘zilari boshqa taqdimotlarni ishlatadi. Xesh-funksiyani ixtiyoriy kirish matnini 
to‗g‗ri keladigan formatga o‗zgartirish uchun qo‗llash mumkin. 
Yaxlitlik. Xesh-funksiyadan foydalanmasdan katta elektron hujjatni elektron 
raqamli imzo qo‗llash uchun ancha kichik bloklarga bo‗lish kerak. Hujjatning 
haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklar olinganligi va ular to‗g‗ri tartibdaligini 
aniqlab bo‗lmaydi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling