O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
1.2. Tranzaksiyalar
Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyutalarni tushunish uchun yana bir muhim tushuncha – tranzaksiyadir. Tranzaksiya (ingl. transaction, lot. transactio – kelishuv, shartnoma). [1] da tranzaksiyaga shunday ta‘rif berilgan – bu minimal mantiqan tushunilgan amaliyot bo‗lib, u mantiqqa ega va faqat to‗liq ravishda amalga oshirilishi mumkin. Tranzaksiyani bitimni amalga oshirish yoki shartnoma tuzish jarayoni sifatida tushunmoq lozim. Bunda eng asosiysi – tranzaksiya yarim holda yoki to‗rtdan bir qismga bajarilmaydi. Tranzaksiyaning ikki holatigina mavjud – yoki 14 bajarilgan, yoki yo„q. Aslida, bu mantiqan tugallangan amaliyotdir, u qanchalik uzun va necha bosqichdan iborat bo‗lishiga qaramasdan. Tranzaksiyaga misol – pul mablag‗larini bir hisobdan boshqasiga o‗tkazish: 1. tranzaksiyani boshlash; 2. 1234 raqamli hisobda pul mablag‗lari miqdorini o‗qish; 3. 1234 hisobi balansini 500 000 so‗mga kamaytirish; 4. 1234 hisobi balansini saqlash; 5. 4321 raqamli hisobda pul mablag‗lari miqdorini o‗qish; 6. balansni 500 000 so‗mga ko‗paytirish; 7. 4321 hisobida pul mablag‗larining yangi miqdorini yozib olish; 8. tranzaksiyani qayd qilish. Misoldan ko‗rinib turgandek, agar tranzaksiya to‗liq bajarilmasa, u mantiqli bo‗lmaydi. Tranzaksiyani tugatishning ikki varianti bo‗lishi mumkin (4.2.1-rasm). Agar barcha operatorlar muvaffaqiyatli bajarilgan bo‗lsa va tranzaksiyani bajarish jarayonida dasturiy yoki apparat ta‘minotida hech qanday nosozliklar bo‗lmagan bo‗lsa, tranzaksiya qayd etiladi. Tranzaksiyani qayd etish – ma‘lumotlar bazasidagi tranzaksiyani bajarish jarayonida qilingan o‗zgarishlarni diskga yozib olishni ta‘minlovchi harakatdir. Tranzaksiya qayd etilmaganiga qadar, ushbu o‗zgarishlarni bekor qilish, ma‘lumotlar bazasini tranzaksiya boshlanishidagi holatiga tiklash mumkin. Tranzaksiyani qayd etish tranzaksiyani bajarishning barcha natijalari doimiy bo‗lib qolishini bildiradi. Ular boshqa tranzaksiyalarga faqat joriy tranzaksiya qayd etilgandagina ko‗rinadi. Bunga qadar tranzaksiyaga tegishli barcha ma‘lumotlar foydalanuvchiga joriy tranzaksiya boshlanishi holatida ―ko‗rinadi‖. Agar tranzaksiyani bajarish jarayonida uning normal tugallanishini imkonsiz qiladigan biron hodisa ro‗y bersa, ma‘lumotlar bazasi dastlabki holatga qaytarilishi lozim (tranzaksiyani orqaga qaytarish). Tranzaksiyani orqaga qaytarish – bu ma‘lumotlarning joriy tugallanmagan tranzaksiyada qilingan barcha o‗zgarishlarni bekor qilishni ta‘minlovchi harakatdir. Tranzaksiyani qayta ishlash tizimlari ma‘lumotlar bazasining oraliq holatini uning o‗zgarilishidan oldin yozib olish yordamida ma‘lumotlar bazasini yaxlitligini ta‘minlab, so‗ng ushbu yozuvlardan foydalanib, tranzaksiyani tugatishni iloji bo‗lmaganda, ma‘lumotlar bazasini ma‘lum holatga tiklaydi. Misol uchun, ma‘lumotlar bazasida ma‘lumot nusxasini uning tranzaksiya tomonidan o‗zgartirilishidan oldin olish tizim orqali har qanday o‗zgartirish qila oladigan tranzaksiyadan avval qilinadi. Agar tranzaksiyaning biron qismi uning tugashidan oldin amalga oshmasa, ushbu nusxalar ma‘lumotlar bazasini uning tranzaksiya 15 boshlanishidagi holatiga qayta tiklash uchun ishlatiladi (tranzaksiyani orqaga qaytarish). 1.2.1-rasm. Tranzaksiyani tugatish variantlari Bundan tashqari, ma‘lumotlar bazasining barcha o‗zgarishlari jurnalini yuritish mumkin. Bu muvaffaqiyatsiz amaliyotlarni orqaga qaytarishni talab etmaydi, shu sababli tranzaksiyalarning ba‘zi qayta ishlash tizimlari ushbu funksiyani ta‘minlaydi. Agar ma‘lumotlar bazasi butunlay rad etsa, u so‗nggi zaxira nusxasidan tiklanishi lozim. Zaxira nusxalari ularni yaratishdan keyin bo‗lgan amaliyotlarni aks ettirmaydi. Biroq, ma‘lumotlar bazasi tiklanishi bilanoq, jurnal ma‘lumotlar bazasiga nisbatan, uni faol holatga keltirish uchun, qo‗llanadi. Nosozlik paytiga jarayonda bo‗lgan har qanday tranzaksiya to‗xtalishi mumkin. Natija rad etishgacha bo‗lgan barcha tranzaksiyalar natijalarini o‗z ichiga olgan ma‘lum kelishilgan holatdagi ma‘lumotlar bazasidan iborat. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling