O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.3. Blokcheyn texnologiyasi 
 
1.3.1. Blokcheynning asosiy tushunchalari 
 
Blokcheyn (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma‘lum qoidalarga ko‗ra 
tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga 
bog‗langan ro‗yxat). 
Bloklar tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar 
to‗g‗risidagi kriptografik shaklda namoyon bo‗lgan ma‘lumotlardir. Barcha bloklar 
ba‘zi bir yoki barcha so‗nggi tranzaksiyalar yoziladigan zanjirdan tuzilgan. YOzib 
olish tugagandan keyin blok doimiy ma‟lumotlar bazasi rolini o‗ynaydigan 
umumiy zanjirga qo‗shilib ketadi. Navbatdagi blok tugashi bilanoq keyingisini 
yaratish boshlanadi (4.3.1-rasm):
1.3.1-rasm. Blokcheyn 
Bloklar o‗rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o‗z 
xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta‘minlanadi. 
Blokdagi ma‘lumotni o‗zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir 
qilishga to‗g‗ri keladi. Ko‗pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko‗plab turli 
kompyuterlarda bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga 
kiritilgan ma‘lumotlarni o‗zgartirishni g‗oyat qiyinlashtiradi. 
Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin 
bo‗lgan barcha o‗zgarishlar haqidagi ma‘lumotni o‗z ichiga oladi.
Blokcheyndagi bloklar va ularning o‗zaro aloqasi 
Bitkoin blokcheynini ko‗rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma‘lumotlardan 
iborat (1.3.2-rasm): 
 Blok versiyasini; 
 Blok yaratilishi sanasi va vaqti; 
Blok sarlavhasi xesh-kodi
 Blokdagi barcha tranzaksiyalar xesh-kodi; 
 Mayningda yoziladigan maxsus Nonce va Bits parametrlari. 
Blok sarlavhasi xesh-kodi – bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni 
keyingisi bilan bog‗laydigan narsadir. U keyingi blok sarlavhasiga oldingi blok 


19 
xesh-kodi deb yoziladi. U Myorkl daraxti (Merkle tree) yoki xeshlar binar daraxti 
sifatida ma‘lum bo‗lgan algoritmdan foydalanib hisoblab chiqariladi. 
Bunday blok zanjirga kiritilishi bilan, keyinchalik uni o‗zgartirib bo‗lmaydi. 
Blokcheynning fundamental tamoyillaridan biri shundan iboratdir. Blokcheynda 
ma‘lumotlarni yozib olish yanada xavfsizroq aloqani ta‘minlaydigan kriptografiya 
protokollari yordamida, hamda ma‘lumotlarni uzatishning bank tarmoqlarida 
amalga oshiriladi. 
Blok zanjirini shakllantirishda unga faqat ishonchli ma‘lumotlari bor bloklar 
tushishi mumkin. SHunga muvofiq, hammaga ma‘lum axborotni zanjirning 
mavjud bo‗lgan har qanday blokida soxtalashtirib yoki almashtirib bo‗lmaydi.
Blokcheyndagi barcha ma‘lumotlar yig‗ilib boradi va muntazam to‗ldirilib 
boriladigan ma‘lumotlar bazasini shakllantiradi. Ushbu ma‘lumotlar bazasidan 
hech narsani o‗chirib bo‗lmaydi yoki blokni almashtirib/o‗zgartirib bo‗lmaydi. Bu 
blokcheynning asosiy jihatlaridan biridir. 
2.3.2-rasm. Bitkoin blokcheyni bloki 


20 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling