O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

kontraktlar yordamida avtomatlashtiriladi. 
Blokcheynlarning to‗lovlarni kriptovalyutalarning bo‗lak-bo‗lak miqdor 
(mikroto‗lovlar) ko‗rinishida chiqarish qobiliyati shuni taqozo etadiki, 
foydalanishning ushbu varianti blokcheyn uchun ularning keng qo‗llanilishi uchun 
katta imkoniyatlarga ega.
8. Buyumlar Interneti (IoT) 
Buyumlar Interneti – bu elektron qurilmalarning ma‘lum turlarini tarmoqli 
boshqarishdir: masalan, saqlash joyida havo haroratini nazorat qilish va hk. Aqlli 
kontraktlar tizimlarni uzoqdan boshqarishning avtomatlashtirilishiga imkon beradi. 
Dasturiy ta‘minot, datchiklar va tarmoq kombinatsiyasi ob‘ektlar va mexanizmlar 


29 
o‗rtasida ma‘lumot almashishni engillashtiradi. Natija tizim samaradorligini 
oshiradi va xarajatlar monitoringini yaxshilaydi. 
Ishlab chiqarish, texnologiyalar, telekommunikatsiyalar sohasida yirik 
o‗yinchilar - Samsung, IBM va AT&T, buyumlar Internetining ustunligi uchun 
kurashib kelmoqdalar. IoT ilovalari, amaldagi operatorlar tomonidan nazorat 
qilinadigan mavjud infratuzilmaning tabiiy kengaytirilishi, keng ko‗lamli 
imkoniyatlar yaratadi: mexanik qismlarning profilaktik xizmat ko‗rsatilishidan 
ma‘lumotlar tahlili va avtomatlashtirilgan tizimlarni ko‗lamli boshqarishgacha. 
9. Mikrorayon mikrotarmoqlari 
Blokcheyn texnologiyasi qo‗shni mikrotarmoqlar tomonidan generatsiya 
qilinadigan qayta tiklanadigan energiyani xarid qilishga va sotishga imkon beradi. 
Quyosh panellari ortiqcha energiya ishlab chiqarganda, Ethereum asosidagi 
intellektual kontraktlar avtomatik ravishda uni qayta taqsimlaydi. Aqlli 
kontraktlarning avtomatlashuvining bunday turlari ko‗plab boshqa ilovalarga ega 
bo‗ladi, chunki IoT haqiqiy bo‗la boshladi. 
10. Identifikatsiyani boshqarish 
Internetda identifikatsion ma‘lumotlarni yanada samarali boshqarishning 
yaqqol ehtiyoji mavjud. O‗z shaxsini tekshirish qobiliyati Internetda sodir 
bo‗ladigan moliyaviy amaliyotlar negizi hisoblanadi. Lekin veb-tijoratda 
bo‗ladigan xavf-xatarlardan bo‗lgan himoya vositalari mukammal emasdir. 
Blokcheyn texnologiyasi shaxsni tasdiqlashning takomillashgan usullarini, 
hamda shaxsiy hujjatlarni raqamlashtirish imkonini taklif etadi. Himoyalangan 
identifikatsion axborot mavjudligi ham interfaol o‗zaro ta‘sir uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi, masalan, hamkorlikda foydalanish iqtisodiyotida. 
Raqamli identifikatsiya standartlarini ishlab chiqish g‗oyat murakkab 
jarayondir. 
Chunonchi, 
texnik 
muammolardan 
tashqari, 
identifikatsiya 
muammosini universal ravishda onlayn hal etish xususiy tuzilmalar va hukumat 
o‗rtasida hamkorlikni talab etadi. 
11. Ma‟lumotlarni boshqarish 
Bugungi kunda odamlar o‗zlarining shaxsiy ma‘lumotlari evaziga Facebook 
kabi ijtimoiy tarmoqlardan bepul foydalanishlari mumkin. Kelajakda odamlar 
Internetda ularning faoliyatini generatsiya qiladigan ma‘lumotlarni boshqarish va 
sotish imkoniga ega bo‗ladilar. U katta bo‗lmagan bo‗lak-bo‗lak miqdorlari bilan 
oson taqsimlanishi mumkin bo‗lgani sababli, bitkoin yoki boshqa kriptovalyuta 
bunday turdagi tranzaksiyalar uchun ishlatiladigan valyuta bo‗lib qoladi. 
12. Erga egalik qilish huquqlarini ro„yxatga olish 
Hammabop reestrlar singari, blokcheyn mulkchilikni hisobga olishning 
barcha turlarini samaraliroq qilishi mumkin. Masalan, erga egalik qilish 
huquqlarini. Ular, odatda, ma‘muriylashtirishda qimmat va mehnattalab bo‗ladi. 


30 
Bir qator mamlakatlarda allaqachon blokcheyn asosida er kadastrini yaratish 
bo‗yicha loyihalar amalga oshmoqda. 
13. Aksiyalar savdosi 
Aksiyalar bilan hisob-kitob qilish samaradorligini oshirish salohiyati 
blokcheyndan birja savdosida samarali foydalanishga imkon beradi. Bir darajali 
bitimlarni amalga oshirishda savdo tasdiqlashlari bir zumlik bo‗ladi (uch kunlik 
rasmiylashtirishdan farqli o‗laroq). Bu kliring markazi, auditorlar va kontrolyorlar 
kabi vositachilar jarayonda ishtirok etishdan chetlashtiriladi, degan ma‘noni 
anglatadi.
Ko‗plab fond va tovar birjalari, shu jumladan, Avstraliya fond birjasi (ASX), 
Frankfurt fond birjasi (Deutsche Borse) va JPX (Japan Exchange Group) 
blokcheyn xizmatlarini taqdim etish ilovalari prototiplaridir. Bu sohada Nasdaq's 
Linq asoschi bo‗lib, u xususiy bozorda savdo-sotiq uchun mo‗ljallangan (odatda 
IPO gacha bo‗lgan startaplar va investorlar o‗rtasida).

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling