O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.4.2. Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari 
Pullar ikki shaklda bo‗ladi: naqd (kupyura va tangalar) va naqd pulsiz
elektron, ularning sohiblari hisoblaridagi yozuvlar shaklida kompyuter ko‗rinishida 
bo‗ladi. 
Elektron valyuta nafaqat an‘anaviy pul muoamalasini (dollar, evro, sum va 
hokazolarda) qo‗llab-quvvatlashi, balki raqamli valyuta deb atalmish mablag‗larda 
ham qo‗llanilishi mumkin. 
Raqamli valyutalarni xususiy, virtual valyutalar yoki elektron naqd pullar 
deb ham atashadi. An‘anaviy valyutalarga nisbatan raqamli valyuta qo‗shimcha 
yoki muqobil tabiatga ega.
Kriptovalyuta - virtual valyutalar turlaridan biri bo‗lib, so‗nggi vaqtlarda 
keng tanildi va tarqaldi. 
Kriptovalyuta – bu raqamli valyuta bo‗lib, kriptografik texnologiyalar 
yordamida himoya qilingan. Ushbu pul birliklarining jismoniy analoglari yo‗q, ular 
faqat virtual makonda mavjud bo‗ladi.
―Kriptovalyuta‖ atamasi bitkoin texnologiyasi ishlab chiqqandan keyin 
ishlatila boshlandi. Bunday raqamli valyuta tranzaksiyalari haqidagi ma‘lumotlar 
ochiqdir. Blok tuzilmasi doimiyligi kriptografiya (raqamli imzo, ochiq kalit va hk.) 
yordamida qo‗llab-quvvatlanadi. Valyuta nomi shundan kelib chiqqan. 
Kriptovalyutaning coin (tanga) elementi – bloklarning o‗zgartirib va nusxa 
olib bo‗lmaydigan, shifrlangan majmuidir. 
Kriptovalyutalarning afzalliklari va kamchiliklari 
Mavjud moliyaviy vositalarga qaraganda kriptovalyutalar quyidagi 
afzalliklarga ega: 
1. Markazsizlanganlik. Kriptovalyutalarning ko‗pi ularga asos solingan 
algoritmga muvofiq markazsizlashtirilgan holda faoliyat yuritadi. Ular davlat 


34 
boshqaruv organlari nazorati ostida bo‗lmaydi, barcha aloqa tugunlari esa bir xil 
huquqqa ega va o‗zaro tengdir. Bitcoin kabi tarmoqlarda ularning faoliyat yuritishi 
algoritmini hatto ishlab chiquvchilar ham o‗zgartira olmaydi. 
2. Past tranzaksion xarajatlar. Kriptovalyuta tizimlaridagi tranzaksiyalar 
R2R tamoyili bo‗yicha, markaziy nazorat qiluvchi organsiz amalga oshiriladi. 
Tarmoqqa xizmat ko‗rsatish xarajatlarining qisqarishi o‗tkazmalar uchun bo‗lgan 
komissiyani kamaytirishga imkon beradi. Bank va elektron to‗lov tizimlaridan 
farqli o‗laroq, foydalanuvchilar komissiya miqdorini mustaqil belgilash va hatto 
komissiyasiz tranzaksiyalar o‗tkazish imkoniyatiga ega. 
3. Tez to„lovlar. Kriptovalyuta tranzaksiyalari yuqori qayta ishlash tezligiga 
ega. Undan tashqari, blokcheynga tranzaksiya qo‗shgandan keyin, uni o‗zgartirib 
bo‗lmaydi. Tranzaksiyalarning o‗zgarmasligi yozuvlarni soxtalashtirishdan va 
tizimdagi firibgarlikdan saqlaydi. 
4. Maxfiylik. Maxfiylik – kriptovalyutalarning afzalliklaridan biri. Tizimdan 
foydalanish uchun hech qanday shaxsiy ma‘lumotlarni ko‗rsatish kerak emas, bu 
esa anonimlikni saqlash va o‗z xarajatlarini hukumatdan, moliya muassasalaridan 
yoki marketing kompaniyalardan yashirishga imkon beradi. 
5. Tarmoq mijozi – o„z pullarining yagona sohibi. Hamyondagi 
kriptotangalarga kirish faqat sohibda bo‗lgan shaxsiy kalit taqdim etilishi bo‗yicha 
sodir bo‗ladi. Bu holat hech kimsa hisobdagi tangalarni echib ololmasligi yoki 
ularning harakatini muzlata olmasligini bildiradi. Kriptovalyutalar o‗z kapitalining 
himoya vositasi bo‗lishi mumkin. Omonatlar saqlanadigan bank o‗zini bankrot deb 
e‘lon qilgan vaziyatda, yoki hukumat o‗z majburiyatlarini vijdonan bajarmasa
kriptovalyuta hamyonidagi mablag‗larni faqat foydalanuvchi –hamyon sohibi 
boshqarishi mumkin. Ular uning moliyaviy sug‗urtasidir.
6. Ma‟lumotlarni ishonchli himoya qilish. Tovar va xizmatlarga to‗lov 
qilishda xaridor doim o‗z shaxsiy ma‘lumotlarini xatar ostiga qo‗yadi, ular to‗lov 
vaqtida birovning qo‗liga tushishi yoki sotuvchidan o‗g‗irlanishi, natijada esa 
egasiga qarshi qo‗llanilishi mumkin. Kriptovalyuta tranzaksiyalarida sotuvchiga 
hech qanday shaxsiy ma‘lumotlar berilmaydi, shu bois ma‘lumotlar yovuz niyatli 
kishi qo‗liga tushmasligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
7. Inflyasiyaga uchramasligi. Kriptovalyutalarda inflyasiyani oldini 
olishning murakkab mexanizmi amalga oshirilgan. Xususan, Bitkoin tarmog‗ida 
inflyasiya bir necha xususiyat bilan bartaraf etiladi: 
 21 mln tangalik cheklangan emissiya, uni o‗zgartirib bo‗lmaydi; 
 YAngi tangalar qat‘iyan 10 minutda bir marta chiqariladi; 
 Har 4 yilda tangalar emissiyasi ikki marta qisqartiriladi. 
O‗xshash usullar har bir kriptovalyuta tarmog‗ida bo‗ladi, bu ma‘lum bir 
davrda tangalarning qanday miqdori mavjud bo‗lishini oldindan aytishga imkon 


35 
beradi. Undan tashqari, emissiyani ko‗paytirish to‗g‗risida o‗zicha qaror qabul 
qiladigan nazorat qiluvchi organ bo‗lmaydi. 
Kriptovalyutalar afzalliklari shuni ko‗rsatadiki, bu ulkan rivojlanish 
salohiyatiga ega bo‗lgan progressiv texnologiyadir. 
Ammo barcha afzalliklarga qaramasdan, har qanday texnologiya singari, 
kriptovalyutalar ham bir qator kamchiliklarga ega: 
1. O„zgaradigan narxning yuqori diapazoni. Bu kriptovalyutalarning 
xususiyatlaridan biri bo‗lib, ularning globallashuviga to‗sqinlik qiladi. Hozirgi 
vaqtda kriptovalyutalar kursi juda o‗zgaruvchan va qisqa vaqt oralig‗i mobaynida 
keng diapazonda o‗zgarib turishi mumkin. 
2. Buzib kirish xavfi. Kriptovalyutalar raqamli ko‗rinishda bo‗lgani sababli, 
ular kiberjinoyatchilar o‗ljasi bo‗lishi mumkin. Kriptovalyuta bilan ishlaydigan 
servislar o‗g‗irliklarning oldini olishlari uchun yuqori xavfsizlik darajasiga ega 
bo‗lishlari lozim. Kriptovalyuta tarmoqlari, shuningdek, 51% hujumiga duchor 
bo‗lish mumkin, bunda tarmoq quvvatining ko‗p qismi bir kishining qo‗lida 
bo‗ladi, va u tranzaksiyalar to‗g‗risida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. 
Yuqorida aytilganlarga quyidagi 1.4.1-jadvalda xulosa qilamiz:

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling