O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.4. Kriptovalyutalar texnologiyasi 
1.4.1. Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi 
 
1982 yilda kriptograf Devid CHaum mijozning xarid qilgan tovarlari yoki 
xizmatlari uchun qilgan to‗lovlari haqidagi ma‘lumotni kuzatish mumkinligi 
to‗g‗risidagi g‗oyani bayon qilgan. Savdo-sotiq va moliyaviy amaliyotlarni xavfsiz 
o‗tkazish maqsadida Devid CHaum 1989 yilda birinchi anonim to‗lov tizimi 
ishlashini ta‘minlaydigan DigiCash korporatsiyasiga asos soldi. 
DigiCash to‗lov tizimi Internet orqali tranzaksiyalar o‗tkazishning xavfsiz 
usulidan iborat edi. O‗sha davrning ko‗plab tizimlari, shu jumladan, Visa va 
Mastercard, faqat yirik summalarni elektron usulda qayta ishlardi. Ulardan farqli 
o‗laroq, tizim katta bo‗lmagan tranzaksiyalarni yuborishga imkon berardi. 
DigiCash to‗lov tizimi Devid CHaum ishlab chiqqan ―ko‗r imzo‖ 
texnologiyasiga asoslangan edi. Ko‗r elektron imzo – elektron raqamli imzoning 
(ERI) muhim modifikatsiyalaridan biri. Uning asosiy qo‗llanilish sohasi - bank, 
hamda elektron ovoz berish sohalaridir. 
Elektron to‗lov tizimlari mablag‗larini ishlatganda, bank har doim pul 
mablag‗larini kim, qaerda, qachon va kimga o‗tkazgani haqidagi to‗liq ma‘lumotga 
ega bo‗ladi. Ushbu fakt foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti dahlsizligiga katta 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ko„r elektron imzodan foydalanish to‗lovlar anonimligini ta‘minlay oladigan 
to‗lov tizimlarini yaratishga, ammo shu bilan bir vaqtda foydalanuvchilarga zarur 
bo‗lganda to‗lov amalga oshirilganligini isbotlash imkonini beradi.
Ko„r imzoning elektron to‗lovlar bayonnomalaridagi asosiy xususiyatlari 
quyidagilardir: 

Uchinchi tomonning tranzaksiyalar parametrlarini aniqlashi imkonsizligi; 

Mijozning tranzaksiya isbotini taqdim etish imkoniyati; 

Tranzaksiyani to‗xtatish imkoniyati. 
DigiCash to‗lov tizimi raqamli valyutalarning keyingi rivojlanishida katta 
rol o‗ynadi. Unda birinchi bor muqobil elektron to‗lov tarmoqlarini yaratish uchun 
Internet kompyuterlaridan foydalanish urinishi bo‗lgan.


32 
DigiCash to‗lov tizimi markazlashgan edi, ya‘ni doimiy pul likvidligi uchun 
unga banklar lozim bo‗lgan.
DigiCash to‗lov tizimi modeli keyingi loyihalar, shu jumladan, Bitkoin va 
boshqa hozirda mavjud bo‗lgan kriptovalyutalar asosiga yotgan. 
Devid CHaumning kriptografiyadagi ishlanmalari hozirgacha qo‗llanilib 
kelmoqda. Uni sharofati bilan blokcheyndagi tranzaksiyalar xavfsizdir. 
1997 yilda amerikalik kriptograf Adam Bak HashCash texnologiyasini 
ta‘riflagan. Ushbu texnologiya spam jo‗natmalariga bas kelishi va DoS-
hujumlariga qarshi turishi kerak edi. DoS-hujumlari – hisoblash tizimiga uni 
ishdan chiqarish maqsadida xakerlar hujumi, ya‘ni shunday sharoit yaratishki, 
unda tizimning insofli foydalanuvchilari taqdim etiladigan tizim resurslari 
(serverlari) ga kirolmaydi, yoki qiyinchilik bilan kiradi. So‗ngra HashCash xesh-
bloklar va tranzaksiyalarni tasdiqlashning yanada mukammal algoritmiga ega 
bo‗ldi. Keyinchalik blokcheyn tarmog‗i ishi o‗xshash tamoyillarga asoslanib 
tuzildi.
1998 yilda kriptograf Vey Dey «b-money» nomli shaxsiy kriptovalyuta 
g‗oyasini taklif qildi, ya‘ni pul mablag‗larining anonim, taqsimlangan elektron 
tizimi. «b-money» kriptovalyutasining afzalligi - markazsizlashtirilgan reestr, 
tranzaksiyalarga, hamda Proof – of – work (PoW) konsepsiyasiga imzo qo‗yish 
usulidir. Keyinchalik Vey Dey g‗oyalari bitkoin asosiga yotdi. 
1998 yilda blokcheyn-texnologiya asoschisi hisoblanmish, kriptografiya va 
informatika sohasidagi amerikalik mutaxassis Nik Szabo markazsizlashtirilgan Bit 
Gold kriptovalyutasini yaratishga urinib ko‗rdi.
Bit Gold kriptovalyutasi an‘anaviy moliyaviy tizimning samaradorsizligi va 
hisob-kitob vositasi sifatida qimmatbaho metallardan foydalanilganligi sababli 
yaratilgan. Bit Gold kriptovalyutasini yaratish oltinning iqtisodiy xossalarini qayta 
tiklashga, hamda uning xavfsizligi parametrlarini oshirishga urinish edi. Nik Szabo 
taklif 
etgan 
markazsizlashtirilgan 
tarmoq 
foydalanuvchilarga 
valyuta 
mustaqilligining tabiiy oltin taklif eta olmaydigan darajasini taqdim etardi. 
Ishonchni talab etmaydigan Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga 
bir qator afzalliklar taklif etardi.
Xususan, Nik Szabo bunday tizimning kamida ikkita asosiy xususiyatini 
ko‗rsatardi: 
1. Moliya institutlariga bog„liq emasligi. Bit Gold markazsizlashtirilgan 
tarmoq orqali foydalanuvchilar tomonlar o‗rtasida ishonch hosil qilmasdan, 
tranzaksiyalarni amalga oshirishdagi yordami uchun moliya institutiga komissiya 
to‗lamasdan, xavfsiz tranzaksiyalar amalga oshirishlari mumkin edi. Bit Gold 
tarmog‗ining o‗zi foydalanuvchilarning balans holatini kuzatish va qonuniy 
tranzaksiyalar o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan funksionalni taqdim etardi. Tizimning 


33 
ushbu tavsiflari shuni anglatadiki, tranzaksiyalar va pul saqlash, moliya 
institutlariga bo‗lgan tobelikni bartaraf etib, virtual va mustaqil ravishda amalga 
oshirilishi mumkin bo‗lardi. 
2. Turli mamlkatlarda uzluksiz faoliyat ko„rsatish. An‘anaviy moliya tizimi 
ko‗plab turli bo‗linmalarga ega. Pullarni turli mamlkatlarga jo‗natish, so‗nggi 
oluvchiga borib etganiga qadar, bir necha kundan bir oygacha olishi mumkin. Bu 
banklar pullarni, ular ehtimolli adresatga etib borgunga qadar, boshqa moliya 
muassasalariga jo‗natish bo‗yicha qat‘iy va tartibga solingan jarayondan o‗tishlari 
lozim 
bo‗lgani sababli sodir bo‗ladi. Bitcoin va Bit Gold kabi 
markazsizlashtirilgan tarmoqlar ushbu bo‗linmalarga muhtoj emas va xalqaro 
tranzaksiyalarni bir necha daqiqada amalga oshirish imkonini beradi. 
Keyinchalik Bit Gold g‗oyasi Bitkoinda amalga oshirildi, va ikkala protokol 
ham o‗xshash tuzilishga ega.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling