O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Proof – of - Work (PoW) algoritmi


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Proof – of - Work (PoW) algoritmi 
Ish isboti mexanizmini tushuntirish Proof-of-work (ishning bajarilganligi 
isboti) nomining o‗zida yashiringan. Tranzaksiyani tekshirishda ishtirok etish 
uchun, ishtirokchilar o‗tkazilgan ishni ommaviy tarzda isbot qilishlari lozim. 
Ushbu qoida tizimga bo‗lgan hujumni oldini oladi, agar yovuz niyatli odam soxta 
ishtirokchilarni yaratgan bo‗lsa. Ish qanchalik ko‗p bajarilgan bo‗lsa, keyingi 
blokni yaratib, mukofot olishga shunchalik ko‗p imkoniyat bo‗ladi. PoW ni to‗liq 
markazsizlantirish va anonimlik kontekstida eng oson va shu bilan bir vaqtda eng 
barqaror algoritm deb hisoblashadi. 
PoS algoritmi 
 PoS algoritmi (Proof – of – stake, egalik ulushining isboti) – 
kriptovalyutalarda himoya qilish usuli bo‗lib, unda ishtirokchilar tomonidan
blokcheynda navbatdagi blokni shakllantirish ehtimoli ushbu kriptovalyutaning bu 
ishtirokchiga tegishli bo‗lgan, ularning umumiy sonidan hisob birliklaridan tashkil 
etgan ulushiga teng. 
Bu usul ish bajarilganligini tasdiqlash (PoW) usuliga muqobil usul bo‗lib, 
unda navbatdagi blokni yaratish ehtimoli yanada kuchli uskuna sohibinikiga 
qaraganda yuqoriroqdir. 
Ushbu usuldan foydalanishda blokni shakllantirish algoritmi uskuna 
quvvatiga bog‗liq bo‗lmaydi, ammo yuqori ehtimol bilan blok joriy balansi 
ko‗proq bo‗lgan hisob yozuvi tomonidan shakllanadi. Masalan, jami miqdorning 
1% ga ega bo‗lgan ishtirokchi o‗rtacha hisobda 1% yangi bloklarni generatsiya 
qiladi. Proof-of-Stake mexanizmi kompaniya aksionerlari o‗rtasidagi ovoz 
berishga o‗xshaydi – kimning aksiyalari ko‗proq bo‗lsa, eng ko‗p hukmronlikka 
o‗sha ega bo‗ladi. 
DPoS algoritmi 


26 
 
DPos (Delegated Proof-of-Stake – ulushning vakil qilingan dalili) 
blokcheyn asosida stimullarning markazsizlashtirilgan tuzilmasini xavf ostiga 
qo‗ymasdan, tranzaksiyalar va bloklar yaratish tezligini oshirish intilishida 
tuzilgan.  
G‗oya shundan iboratki, har bir foydalanuvchi tranzaksiyalarni ma‘qullagan 
vakillar uchun ovoz berish mumkin. Vakillarning kimliklari oldindan ma‘lum. Bu 
blokcheyn sohasida o‗z muvaffaqiyatlari bilan taniqli bo‗lgan nufuzli odamlar 
bo‗lishi mumkin. SHuni ta‘kidlash kerakki, tizim ovozlarning vaznini hisobga 
oladi. Muayyan ishtirokchining kriptovalyutalari qanchalik ko‗p bo‗lsa, bu 
tranzaksiyaning tasdiqlanishiga shunchalik ko‗p ta‘sir qilishi mumkin. 
PoI algoritmi 
PoI algoritmi (Proof-of-Importance – muhimlik isboti) – bu konsensus 
algoritmi bo‗lib, tarmoqning qaysi ishtirokchilari blokcheynga blok qo‗shish va 
blok uchun mukofot sifatida tranzaksion komissiyalar olish huquqiga ega 
ekanliklarini aniqlash uchun foydalaniladi. 
O‗z ―muhimlik‖larining yuqori baholagan akkauntlar blok qo‗shish va 
undan blokka kiradigan tranzaksiyalar uchun komissiyalar echish uchun tanlanish 
ehtimoliga ko‗proq ega bo‗ladi. PoI algoritmi, kriptovalyutalarga ega bo‗lgan 
ishtirokchilar sonini ko‗rib chiqishdan tashqari, ishtirokchilar fe‘l-atvorini tahlil 
qiladi. 
Ta‘kidlash joizki, konsensusning mavjud bo‗lgan algoritmlaridan hech 
qaysisi 
mukammal 
emas, 
va 
markazsizlashtirilgan 
yoki 
qisman 
markazsizlashtirilgan tizimda kelishuvga erishishning universal usuli yo‗qdir. Har 
bir mexanizm o‗z yutuq va kamchiliklariga ega.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling