O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.3.3. Blokcheynni qo‗llash sohalari 
 
Blokcheyn dunyoda birinchi bo‗lgan Bitkoin kriptovalyutalari bilan birga 
paydo bo‗ldi.
Sifatli olg‗a qadamni V. Buterin va uning hamkasblari qilib, 
kriptovalyutalarning ikkinchi avlodiga mansub bo‗lgan Ethereum kriptovalyutasi 
blokcheynini yaratadi. U o‗z arxitektura xususiyatlariga ega. Bitkoin blokcheyni 
dastlab moliyaviy tranzaksiyalarni o‗tkazishga modellashtirilgan bo‗lsa, Ethereum 
ishlab chiqaruvchilari hisoblash bir darajali tarmog‗ini yaratishga muvaffaq 
bo‗lishib, unda dasturlashtirilgan algoritmlar bajarilishi mumkin. Ular smart yoki 
aqlli kontraktlar nomini oldilar. Bunday kontraktlar mohiyati shundaki, ularning 
bajarilishi muayyan shartlarni qanoatlashtirish bilan amalga oshiriladi. 
Blokcheyn texnologiyasi asosida qanday biznes-ilovalar yaratilishi 
mumkinligini yoki allaqachon yaratilganini ko‗rib chiqamiz.
1. Aqlli kontraktlar 


27 
Taqsimlangan buxgalterlik kitoblari belgilangan shartlarga rioya qilish bilan 
bajariladigan oddiy kontraktlarni kodlashga imkon beradi. 
Texnologiyaning hozirgi rivojlanish darajasida aqlli kontraktlar oddiy 
funksiyalarni bajarishga dasturlashtirilgan bo‗lishi mumkin. Masalan, kontrakt
agar moliyaviy vosita ma‘lum bir andozaga mos bo‗lsa, blokcheyn va Bitkoin 
texnologiyalaridan foydalangan holda to‗lanishi mumkin, bu esa to‗lovni 
avtomatlashtirishga imkon beradi.
2. Hamkorlikdagi iqtisodiyot
Uber va Airbnb kabi kompaniyalarning rivojlanishi hamkorlikda foydalanish 
iqtisodiyotining muvaffaqiyatliligini isbotladi. Bir darajali to„lovlar (telefon yoki 
kompyuter orqali do‗stlar va oila uchun to‗lov) bilan birga, blokcheyn tomonlar 
o‗rtasidagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zaro ta‘sir uchun imkon yaratadi – bu esa 
hamkorlikda foydalanishning haqiqatan markazsizlashtirilgan iqtisodiyotiga olib 
keladi.
3. Kraudfanding 
Kraudfanding – insonlarning jamoaviy hamkorligi bo‗lib, bunda ular o‗z 
pullarini yoki boshqa resurslarini birgalikda, odatda, Internet orqali boshqa 
insonlar yoki tashkilotlarning sa‘y-harakatlarini qo‗llab-quvvatlash uchun 
birlashtirishadi. 
Kraudfanding tashabbuslari shakllanayotgan bozor iqtisodiyotini targ‗ib 
etishga yo‗naltirilgan. Odamlar mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonida to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ishtirok etishni xohlaydilar. Blokcheyn, kraudsorsingli venchur fondlarini 
potensial ravishda yaratib, bu istakni yangi pog‗onaga olib chiqadi. 
2016 yilda bunday tajribalardan biri – markazsizlashtirilgan avtonom 
tashkilot (DAO), Ethereum platformasida ikki oy ichida 200 mln AQSH dollarini 
yig‗di. DAO tajribasi shuni ko‗rsatdiki, blokcheyn iqtisodiy hamkorlikning yangi 
modelining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. 
4. Boshqarish 
Taqsimlangan ma‘lumotlar bazalari texnologiyasi, natijalarni to‗liq shaffof 
va hammabop qilib, saylovlar yoki ovoz berishning har qanday boshqa turiga to‗liq 
shaffoflikni ta‘minlab berishi mumkin. Ethereum bazasidagi intellektual 
kontraktlar jarayonni avtomatlashtirishga yordam beradi. Amalda bu shuni 
anglatadiki, kompaniyani bashqarish to‗liq shaffoflashib, raqamli aktivlar, 
aksiyalar va axborotlarni boshqarishda tekshirib bo‗ladigan bo‗ladi. 
5. Etkazib berishlar zanjirining auditi
Iste‘molchilar kompaniyalar tomonidan o‗z mahsulotlariga bo‗lgan 
me‘yorlar talablari haqiqiy ekanligini ko‗proq bilishni hoxlashadi. Distribyutorlar 
reestrlari biz xarid qilgan narsalarning aslligida oson ishonch hosil qilishga imkon 


28 
beradi. SHaffoflik blokcheyn asosida mahsulotning raqamiga mos bo‗lgan sana va 
joylashgan erining vaqtinchalik belgisi bilan kuzatiladi. 
Misol uchun, britaniyalik Provenance kompaniyasi bir qator iste‘molchi 
tovarlari uchun etkazib berishlar zanjirining auditini taklif etadi. Ethereum 
blokcheyni qo‗llanadigan Provenance pilot loyihasi yapon restoranlarida 
sotiladigan baliq etkazib beruvchilar tomonidan doimiy ravishda Indoneziyada 
ushlanishiga kafolat beradi.
6. Fayllarni saqlash joyi
Internetda fayllarni saqlashning markazsizlantirilishi yaqqol afzalliklarni 
namoyon etadi. Ma‘lumotlarning butun tarmoq bo‗ylab tarqalishi fayllarni buzib 
kirishlardan va yo‗qotib qo‗yishlardan saqlaydi. 
Sayyoralararo fayllar tizimi (IPFS) taqsimlangan tarmoq qanday ishlashi 
mumkinligini 
oson 
tushunishga 
imkon 
beradi. 
IPFS 
mijoz-server 
markazsizlashtirilgan 
munosabatlar 
zaruratidan 
xolis 
bo‗ladi. 
To‗liq 
markazsizlashtirilgan veb-saytlardan iborat bo‗lgan Internet fayllarni uzatishni 
tezlashtirish va ma‘lumotlarni oqimli uzatish salohiyatiga ega. 
7. Intellektual mulkni himoya qilish
Raqamli axborot Internet sharafi bilan tinimsiz qayta tiklanishi va keng 
tarqalishi mumkin.
Bu butun dunyoda veb-iste‘molchilarga bepul kontentni taqdim etadi. Biroq 
mualliflik huquqlari sohiblari o‗zlarining intellektual mulklari nazoratini yo‗qotib 
qo‗yishdi, va natijada, moliyaviy jihatdan zarar ko‗rishdi. Intellektual kontraktlar, 
fayllardan nusxa olinishi va tarqatilishi xavfini bartaraf etib, mualliflik huquqlarini 
himoya qilishi va ijodiy ishlarni Internetda sotishni avtomatlashtirishi mumkin. 
Blokcheyndan foydalanish Internet tarmog‗ida intellektual mulkni tarqatish 
uchun bir darajali tizimlarni yaratish va qo‗llash imkonini beradi. Ushbu tizim 
intellektual mulk mualliflariga uni, hamda prodyuserlar uchun litsenziya 
namunalarini bevosita auditoriyaga sotishga va mualliflarga mualliflik 
mablag‗larini tarqatishga imkon beradi – barcha ushbu funksiyalar aqlli 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling