O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 
 
 
1.3.4-rasm. Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash 


22 
Xavfsizlik va himoyalanganlik 
Yuqorida so‗z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma‘lumotlar bazasini 
buzib, unga o‗zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir. 
Bloklardan birini buzib, undagi ma‘lumotlarni o‗zgartirish mantiqsiz, chunki 
barcha bloklarni buzishga to‗g‗ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari 
lozimdir – chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma‘lumotlarni shifrlangan 
holda o‗zida saqlaydi. SHu sababli buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari 
tomonidan albatta e‘tiborga olinadi. 
Xesh-funksiyalar hamda raqamli imzodan foydalangan holda kuchli shifrlash 
algoritmi ham soxtalashtirishga to‗siq bo‗ladi. 
Imzoda ikkita kalit – ochiq va yopiq kalit ishlatiladi. Birinchisi imzoni o‗zini 
tekshirish uchun, ikkinchisi esa uni yaratish uchun lozim, va u mahfiydir. Kalitlar 
ishtirokchilarga u yoki bu ma‘lumotga kirishni ta‘minlaydi.
Ochiqlik va shaffoflik 
 
Butun baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma‘lumotlarini 
istagan kishi ko‗rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o‗tkazishi – bu 
haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o‗tkazgani -
sirligicha qoladi. Ushbu ma‘lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga 
ko‗rinadi, agar ular o‗zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar. 
Yozilganlarning o‗zgarmasligi 
 
YAngi ma‘lumotlarni yozib olish uchun blokcheyn tugunlari konsensusi 
(4.3.2-p. q.) lozim bo‗ladi. Bu amaliyotlarni filtrlashga va faqat qonuniy 
tranzaksiyalarni yozib olishga imkon beradi. Xeshni almashtirishni amalga oshirish 
mumkin emas. 
Blokcheyn ishlashi misoli (4.3.5-rasm).

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling