O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Blokcheynda konsensus algoritmlari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.3.2. Blokcheynda konsensus algoritmlari 
 
YUqorida qayd etilgandek, blokcheyndagi ma‘lumot ochiq va shaffofdir. Bu 
har kimsa tranzaksiya tarixini va uning amalga oshirilgan yo‗lini ko‗rishi 
mumkinligini bildiradi. Bitim o‗lchami haqidagi ma‘lumot ham ochiqdir. Lekin 
bunda adresat va adresant shaxslari oshkor etilmaydi. Blokcheyn shaffofligi 
shundadir. Har qaysi tranzaksiya tarmoq ishtirokchilarining ko‗p qismi tomonidan 
tasdiqlanganidan keyin qat‘iy tasdiqlangan deb e‘lon qilinadi. Tranzaksiyaga 
ruxsat berish uchun tarmoqning barcha ishtirokchilari o„rtasida kelishuvga 
erishish va uning ishlashini ta‟minlaydigan konsensus mexanizmi kerak.
Blokcheynga kirish butun tarmoqning ishonchliligini kafolatlaydigan 
maxsus kalitlar yordamida amalga oshiriladi. U har bir foydalanuvchida bor. Kalit 
- kriptografik yozuvlar to‗plami. U mutlaqo noyobdir, bu ma‘lumotlarni 
almashtirish va xaker hujumlarining mumkin emasligini kafolatlaydi. Buning 
uchun xakerlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarga kirish imkoniyatiga ega 
bo‗lishlari kerak. 
Blokcheynning ishga layoqatliligini va ishonchliligini ta‘minlaydigan 
mexanizmlar – bu konsensus algoritmlari.
Bitkoin 
blokcheyni 
paydo 
bo‗lgunga 
qadar 
ko‗p 
marotaba 
markazsizlashtirilgan to‗lov tizimini yaratishga urinish bo‗lgan. Ammo ularning 
barchasi muvaffaqiyatsiz edi, chunki ishlab chiquvchilar konsensusga erishish 
masalasini hal eta olmadilar. 
Eng mashhur konsensus algoritmlari misolida ular qanday tuzilganligi va 
blokcheynda qay tarzda kelishuvga erishilishini ko‗rib chiqamiz. 


25 
 
Shartnoma munosabatlari 
 
Konsensus umuman olganda bitimga kelish usulini anglatadi. YAgona 
boshqaruv organiga ega bo‗lmagan markazsizlashtirilgan tizimdan iborat 
blokcheynda konsensusga erishish uchun turli algoritmlar ishlab chiqilgan.
Blokcheyn-tarmoqda tizim ishtirokchilarining bir-biriga ishonishi yoki 
ishonmasligining ahamiyati yo‗q. Ular ishning barchaga taalluqli muayyan 
tamoyillari haqida kelishib olishlari lozim. Va bu – konsensus mexanizmining 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri funksiyasi.
Blokcheynda konsensus algoritmi barcha ishtirokchilar o‗rtasida kelishuvga 
erishish va tarmoqning ishlash qobiliyatini ta‘minlashg imkon beradigan ma‘lum 
matematik qoida va funksiyalar majmuidan iborat. Hozirgi vaqtda konsensusga 
erishishning bir necha algoritmlari mavjud.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling