O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 
1.4.3. Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma 
 
YUqorida ko‗rib chiqilganidek, kriptovalyuta chiqarishning eng tarqalgan 
usuli mayning hisoblanadi. Mayning – bu turli murakkablikdagi kriptografik 
masalalar echimidir. Bitkoin protokolidagi bunday kriptografik masala – Nonce 
deb nomlangan parametr tanlash bo‗yicha masala bo‗lib, (1.4.1-rasm): 
 
u, shakllangan blok sarlavhasiga qo‗shilgan bo‗lib turib, Bits formatida yozilgan 
nolli bitlar berilgan soni bilan boshlanadigan xesh-kod berardi:
bu esa Difficulty katta sonidan kichik (<) yoki unga teng (=) bo‗lgan xesh olish 
bilan bir xildir: 
Boshqacha qilib aytganda, shakllangan blokka Nonce ning shunday qisqa 
satrini qo‗shish kerakki, hosil bo‗lgan xesh-kod bir necha nollardan boshlansin: 
Bunday masalani Nonce turli parametrlarining katta sonini qayta tanlash 
bilan hal qilish mumkin. Bu esa ko‗p mehnat va katta quvvatlar talab qiladi. Ushbu 
masalani birinchi bo‗lib echganlar kriptovalyutaga ega bo‗ladi. 
Ushbu kriptografik masalaning to‗g‗ri echimini tekshirish oson - SHA-256 
xesh-funksiyasi hisoblash algoritmi yordamida sarlavhasiga Nonce ning topilgan 
parametri qo‗shilgan, shakllangan blok xesh-kodini hisoblab topish lozim. 


37 
Shu tariqa, Bitkoin tarmog‗idagi tugunlar o‗rtasida konsensusga erishiladi va 
yangi blok blokcheynga yozib qo‗yiladi. 
Kriptovalyutalar chiqarish uchun mayning-fermalardan foydalaniladi (1.4.1-
rasm). 
Manba: cryptonews.su 
Ris. 1.4.1-rasm. Kriptovalyuta chiqarish bo‗yicha mayning-ferma
Mayning-ferma – bu tarkibiy qismlar to‗plami bo‗lib, ular o‗zaro 
birlashtirilgan va virtual valyuta chiqaradi. 
Kriptovalyuta chiqarish bo‗yicha mayning-fermalar umuman har xil tarkibiy 
qismlardan iborat bo‗lishi mumkin: videokartalar, protsessorlar, qattiq disklar
faqat mayning uchun yaratilgan maxsus uskunalar.
Hozir ko‗plab maynerlar mayning-ferma deganda o‗zaro birlashtirilgan bir 
nechta videokartalarni nazarda tutadi. Bunday konstruksiya, o‗zining hisoblash 
quvvatlaridan foydalanib, faqat bitta masalani hal qiladi – kriptovalyuta chiqarish.
Mayning-ferma ishi mayningni qanday turi tanlanganiga bog‗liq. Birinchi 
mayninglar statsionar kompyuterlarda o‗tkazilib, ularga kriptografik masalalarni 
hal qiladigan maxsus dasturlar o‗rnatilardi. 
Tarmoq ishtirokchilari soni ortishi bilan bitta kompyuter quvvati etishmay 
boshladi. Faqat mayning uchun mo‗ljallangan mikrosxemalar paydo bo‗lib, ular 
tizimli blokka qo‗shimcha ravishda o‗rnatilardi. 
Keyinchalik faqat bitta vazifa – mayning uchun kriptovalyuta hisoblab 
chiqishni bajaradigan ASIC mikrosxemasi ishlatila boshlandi. 
Vaqti o‗tishi bilan mayningning boshqa usullari ham paydo bo‗ldi. 
Ulardan eng mashhuri va hozirgacha mavjud bo‗lgan – videokartalardagi 
mayning (GPU-mayning). Mayning uchun ferma quyidagilar kiradigan tizimdan 
iborat: 


38 
 4-6 ta videokartalar. Videokartalar turi kriptovalyutaga bog‗liq bo‗lib, unga qarab 
ferma yaratiladi. Hisoblash algoritmiga qarab, bir holatlarda NVIDIA videokartasi, 
boshqa holatlarda AMD videokartasi ishlaydi. Dual-mayning (Ethereum va boshqa 
kriptovalyuta chiqarish) mumkin bo‗lgan videokartalar ham bor; 
 Har bir fermaga mos ta‘minot bloki va va server ta‘minot bloklari; 
 Ona platasi; 
 Kriptovalyuta saqlanadigan qattiq disk, fermani ishga tushirish tugmasi; 
 Ventilyator (kuler) lar. 
Mayning-ferma tunu-kun ishlaydi. Bitta fermaning o‗rtacha elektr energiyasini 
sarflashi – 1 kVt/soat atrofida.
Kriptovalyuta chiqarish taxminan har 10 minutda bo‗ladi. Butun mavjud 
bo‗lgan tarmoq bu vaqt ichida ko‗pi bilan 12,5 bitkoin topishi mumkin. 
2009 yilda, bitkoin mayningi boshlanganda, blok tugatilishi uchun bo‗lgan 
mukofot 50 bitkoin edi; 2012 yilda mukofot 25 tangagacha kamaytirildi; 2016 
yilda esa – 12,5 gacha. Bunday ikki marta kamayishlar muntazam sodir bo‗ladi; 
keyingisi taxminan 2020 yilga rejalashtirilgan – unda mukofot miqdori 6,25 
bitkoingacha kamaytiriladi. 
Mayningdan tashqari, kriptovalyutalar topishning ko‗plab boshqa, soddaroq 
usullari mavjud. Ulardan ba‘zilarini ko‗rib chiqamiz: 
Kranlar – kichik masalalar bajarish uchun Bitcoin va boshqa tangalar tarqatish 
bo‗yicha servis: masalan, tizim foydalanuvchisi kimligi – inson yoki kompyuter 
(kapch) ekanligini aniqlash uchun ishlatiladigan kompyuter testi, veb-serfing va 
hk. 
Baunti – yangi ICO-loyihalar (kriptovalyutalar yordamida investitsiyalarni jalb 
etish shakli) posting, reposting orqali reklama jarayoni. Siz avval bepul tokenlar 
(foydalanuvchining axborot xavfsizligini ta‟minlash uchun qurilma) olasiz, tez 
kunlarda ular to‗la qimmatli kriptovalyutaga aylanadi. 
Bitcoin va boshqa muqobil kriptovalyutalar (altkoinlar) ni oson soltib olsa 
bo‗ladi. Onlayn variantda bu kriptovalyutalar birjalari, ayirboshlash punktlari 
orqali va hatto to‗g‗ridan-to‗g‗ri amalga oshirish mumkin. VISA, Mastercard 
kartalarida pul yoki qandaydir elektron hisobda mablag‗ bo‗lsa etarli. Naqd pulga 
kriptomatlarda xarid qilsa bo‗ladi. Ular odatdagi terminallarga o‗xshab ishlaydi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling