O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Litecoin 
Ushbu pul birligi ilgari Google kompaniyasida ishlagan
dasturchi CHarli Li tomonidan yaratilgan. Litecoin 2011 yilda chiqarila 
boshlangan. Kriptovalyutani yaratishning asosiy maqsadi – o‗z qiymatiga ko‗ra 
oltinga tenglashtirilgan Bitkoin singari, raqamli pullar bozorida kumushning o‗ziga 
xos analogi bo‗lishdir. 
Litecoin bir darajali Internet-valyutadan iborat bo‗lib, dunyoning xohlagan 
nuqtasiga qiymati bo‗yicha deyarli nolga teng to‗lovlarni o‗z ichiga oladi. 
Litecoin – bu to‗liq markazsizlashtirilgan ochiq dastlabki kod, global to‗lov 
tarmog‗idir. 
Bitkoinga qaraganda, Litecoin tranzaksiyalarni tasdiqlashning tezroq vaqti 
(2,5 minut) va yuqori saqlash samaradorligi bilan ajralib turadi. Sohaning yaxshi 


41 
qo‗llab-quvvatlashi, savdo aylanmasi va likvidligi bilan Litecoin Bitkoinga 
qo‗shimcha ravishda tijorat uchun sinalgan vosita bo‗lib kelmoqda. 
Litecoin emissiyasi 84 mln dollar bilan cheklangan. 
Ripple
Ripple – bu markazsizlashtirilgan kriptovalyuta bo‗lib, o‗z 
vaqtida to‗g‗ridan-to‗g‗ri raqobat qiluvchi valyuta sifatida emas, balki Bitkoinga 
qo‗shimcha tarzda yaratilgan. Ripple kriptovalyutasi tarjimasi – ―pulsatsiya‖ deb 
tushuniladi, ya‘ni ushbu valyutani yaratishda uni butun ekotizim rivojlanishiga 
yordam bo‗ladi deb nazarda tutishgan. Mutaxassislar ta‘kidlashicha, Ripple – bu 
qat‘iy tabaqalashtirilgan reestrli, bir darajali tizim bo‗lib, ammo, Bitkoin bilan 
tashqi o‗xshashligiga qaramasdan, ushbu kriptovalyuta bir necha muhim 
tafovutlarga ega: 
1. Ripple kriptovalyutasi tranzaksiyalar o‗tkazishning eng yuqori tezligiga 
ega. Hozirgi vaqtda o‗z ko‗rsatkichlariga ko‗ra Ripple bilan tenglasha oladigan 
bironta tizim yoki boshqa valyuta yo‗q.
2. Ripple nafaqat xakerlardan, balki kiberhujumlardan ham yuksak 
himoyalanish darajasiga ega, bu esa buzib kirish yoki tangalarga noqonuniy ega 
bo‗lish imkonsizligi yoki kichik ehtimolini nazarda tutadi. 
3. Ripple tangalari inflyasiyaga uchramaydi. Bunga eski tangalar 
aylanmadan qanday hajmda chiqib ketsa, yangi tangalar shuncha miqdorda 
yaratilishi bilan erishiladi. 
4. 
Tranzaksiyalar 
uchun 
to‗lovni boshqa kriptovalyutalar bilan 
solishtirganda, tranzaksiyalar komissiyasi minimaldir. 
5. Tizim ichida nafaqat valyutalarni, balki qimmatbaho narsalarni ham 
ayirboshlash mumkin. 
6. Tranzaksiyaga ariza berilgandan keyin tahrirlash yoki umuman bekor 
qilish imkoniyati.  
Tether
Tether – bu Tether Limited kompaniyasi chiqaradigan, fiat 
valyutalarga bog‗langan kriptovalyutadir. 
Tether VTS Bitkoinidan farqli o‗laroq, blokcheyndan Omni Layer protokoli 
orqali foydalanadi. Omni Layer protokoli – dastlabki kodi ochiq bo‗lgan dasturiy 
ta‘minot bo‗lib, bitkoin asosida kriptovalyuta tokenlarini chiqarish va qarz uzishni 
ta‘minlab, blokcheyn bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi. Tether valyutalari Tether 
platformasining rezerv hisobida 100% ga haqiqiy valyuta aktivlari bilan qo‗llab-
quvvatlanadi. Kriptovalyutani sotib olish yoki Tether Limited xizmat ko‗rsatish 
sharoitlariga muvofiq milliy valyutalarga almashtirish mumkin. 


42 
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, Tether foydalanuvchilarga dollar, 
evro va yenalarga bog‗langan raqamli jetonlarni saqlash, yuborish va olishga 
imkon beradi. Bitkoin ulushiga raqamli aktivlarning butun jahon bozor 
qiymatining 70% atrofida to‗g‗ri keladi. Biroq kunlik va oylik savdo hajmiga ko‗ra 
dastlabki kriptovalyuta emas, bozor kapitalizatsiyasi bitkoindan 30 martadan ziyod 
kamroq bo‗lgan Tether etakchilik qiladi. 
2018 yilda Tether savdosi hajmi bitkoinning analogik ko‗rsatkichidan 
taxminan 21 mlrd dollarga oshdi. 2018 yil may oyida absolyut rekord o‗rnatilib, 
unda USDT (Tether kriptovalyutasi tokeni) sutkasiga 31 mlrd dollarli rekord 
aylanmasini qayd qildi. 
4.2-jadvalda eng mashhur kriptovalyutalarning asosiy ko‗rsatkichlari 
berilgan.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling