O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Blokcheyn turlari 
Blokcheynning quyidagi turlari mavjud: 
Ommaviy blokcheyn – ochiq, to‗ldirib boriladigan ma‘lumotlar bazasi. 
Blokcheynning bunday turi Bitcoin kriptovalyutasida ishlatiladi. Har bir ishtirokchi 
ma‘lumotlarni yozib va o‗qiy oladi. 
G„ayrirasmiy yoki xususiy blokcheyn ma‘lumotlarni yozib olish/o‗qish bo‗yicha 
cheklovlarga ega. Ustuvor tugunlar o‗rnatilishi mumkin. Private Blockchain kenja turi 
– eksklyuziv blokcheyn. Bunday zanjirda tranzaksiyalarni qayta ishlash bilan 
shug‗ullanadigan bir guruh shaxslar aniqlanadi. 
Konsorsiumli blokcheyn. U shaxsiy yopiq tarmoq bir necha kompaniyalar yoki davlat 
tuzilmalariga kerak bo‗lgan vaziyatlarda yaratiladi. Bu erda tarmoqni teng huquqli 
ravishda bir necha tugunlar nazorat qiladi – ular ma‘lumotlar bloklarini tekshirish va 
asosiy zanjirga yozib olish uchun o‗z konsensus parametrlariga, hamda tarmoqqa 
kirish parametrlariga ega.
Blokcheynning asosiy tamoyillari 
 Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash; 
Xavfsizlik va himoyalanganlik
 Ochiqlik va shaffoflik; 
 Yozilganlarning o‗zgarmasligi.
Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash 
Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli 
ma‘lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul 
o‗tkazishlar – ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma‘lumotlar davlat muassasalari va 
xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda 
joylashtiriladi. Bu ko‗pincha suiste‘mollikka olib keladi – hohlaganda har qanday 
bazaga kirib, unga o‗zgartirishlar kiritish mumkin. 
Blokcheyn texnologiyasi bunday yondashuvni tubdan o‗zgartiradi. Uning 
mohiyati shundan iboratki, baza bir joyda emas, butun dunyo bo‗ylab tarqalgan 
minglab, ba‘zida millionlab kompyuterlarda taqsimlangan ravishda saqlanadi (1.3.4-
rasm). Ularning barchasi ishdan chiqishi ehtimoli g‗oyat kichikdir. Tarmoqning hech 
bo‗lmasa bitta kompyuteri ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo‗ladi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling