O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti
-savol. Randa turlari va randalash qoidalari haqida tushuncha berish
Download 2.97 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s
- Bu sahifa navigatsiya:
- taxta randa
- Mustahkamlash uchun savollar
2-savol. Randa turlari va randalash qoidalari haqida tushuncha berish.
2-ilova Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralab olinganidan so‘ng uning sirtini tozalash, silliqlab tekislash va aniq olchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. Bu maqsadda turli xil randalardan foydalaniladi. Duradgorlik randalari vazifasiga ko‘ra sirtlami tozalash, silliqlash, tekislash maqsadida ishlatiladigan, ya’ni yog‘ochga birlamchi ishlov beruvchi randalar (sherxebel, taxta randa, mushranda, japsranda) ga va maxsus randalar (zakrov randa, chok randa, konish randa, dila randa, chorabzal randa)ga bo‘linadi. Sherxebel yog‘och materiallaming sirti- ni tozalash va qalin payraxa olish yo‘li bilan xomaki randalash maqsadida ishlatiladi. Sherxebelning asosiy qismlari kunda, tig4 va ponadan iborat bo4lib, kundasining uzunligi 250-260 mm, eni 40-45 mm, qalinligi 60 mm bo4ladi. Tig‘ining eni 30 mm bo4lib, kesuvchi qirrasi yoy shakliga ega. Bu qalin payraxa olib oson randalash imkonini be- radi (50-rasm, a). 51-rasm. Randaning tuzilishi 50-rasm. Randa turlari: a) sherxebel; b) taxta randa; d) mushranda: 1 - pona; 2 - kunda; 3 - tig4; 4 - temir pushtak; e) pushtakli tig‘; f) japs randa: 1 - tig‘; 2 - pushtak; 3 - pona; 4 - dasta; 5 - bolg‘alash tugmasi Sirtlami silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi. Taxta randa sherxebeldan kundasining enliligi va tig‘ining to‘g‘ri bo'lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 55-60 mm, tig4ining eni 45- 50 mm bo‘ladi. Bu randa yordamida sirtlami silliq randalash uchun tig‘ni yupqa payraxa oladigan qilib kundadan mumkin qadar oz chiqa- riladi. Payraxa qalin olinsa, sirtlar silliq cbiqmaydi (50-rasm, b). 52-rasm. Randani yo‘naltirishda harakat qilish Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payraxani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtaki tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘matiladi. Shu tariqa o'matilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni yengillashtiradi (50-rasm d, 51-rasm). Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalaming sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bolmaydi. Bunday sirtlami japs randa bilan randalab tekislanadi. Japs randa kunda-si uzun (700-800 mm), eni (70-80 mm), tig‘ining eni 55-60 mm bo‘ladi (50-rasm, f). Randalaming vazifasiga qarab ularning tig‘lari ham har xil bo‘ladi. Masalan, tozalab randalashga mo‘ljallangan randaning tig‘i to‘g‘ri chiziq bo‘yicha charxlanadi, dag‘al ran- dalanadigan mushtrandaning tig‘i esa ensiz va biroz dumaloqlanadi. Randaning tuzilishi 29-30 rasm- larda ko‘rsatilgan. To‘g‘ri o‘matilgan tig‘ning dami qiyshaymay joylanadi va kundaning ostidan (japs randaning tig‘i 1-3 mm, taxta randalaming tig‘lari 0,1-0,3 mm) chiqib turadi. Randalash vaqtida ishlov beriladi- gan ashyo dastgohga mustahkam o‘matilishi zarur. Ashyolar ishlov berishning qandayligiga ko‘ra har xil yo‘sinda mustahkamlanishi mumkin. Masalan: dastgoh iskanjasi yordamida; taroqtirak yoki qoziq-tirak yordamida; c) Randalash vaqtida asbobni to‘g‘ri ushlashga va gavdaning holatini tegishlicha tutishga jiddiy rioya qilish kerak. Randalashda qollami bo‘yi boricha cho‘zib, randani kuch bilan oldinga yo‘naltiriladi (52-rasm). Randani yo‘naltira boshlashda uning oldidan chap qo‘l bilan, orqasidan o‘ng qo‘l bilan mahkamroq ushla- nadi (53-rasm). Randalangan sirtlaming tekisligi chizg‘ich (54-rasm, a) yoki go‘- niyani (54-rasm, b) qo‘yib tekshiriladi. Randani ishlatishda uning o‘yig‘idagi xurraklar vaqti-vaqtida tozalab turiladi va buning uchun ular tortib olinadi yoki payraxa bilan pona tomondan turtib chiqariladi. Yog‘ochga ishlov beriladigan va mebellar ishlab chiqariladigan korxonalarda randalash ishlarini duradgorlar, yog‘ochsozlar va arra- randali dastgohlarda ishlaydigan dastgohchilar bajaradi. Mana shunday ishchilar randalash asboblari va dastgohlaming tuzilishini yaxshi bilishlari, ulami rostlay olishlari, tuzata bilishlari, yog‘ochning turlari va xossalarini yaxshi tushunishlari, chizmalami, eskizlami, texnik rasmlami o‘qiy olishlari kerak. 53-rasm. Randalashda qo‘l harakati Mustahkamlash uchun savollar: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling