14
hikoya qiladi. Arxivdagi O’rta Osiyo xalqlarining
milliy-ozodlik kurashi, ilg’or rus
olimlarining Turkistondagi faoliyati haqidagi materiallar,
shuningdek general-
gubernatorlik fondidagi ko’plab boshqa hujjatlar ilmiy-tarixiy jihatdan nihoyatda
qimmatlidir.
Tayanch iboralar
Tarmoq arxivlari
– ijtimoiy hayotning ayrim tarmoq (soha) lariga doir
hujjatlarni saqlaydigan arxivlar (sanoat, harbiy,
partiyaviy va h.). Ba’zan “idoraviy arxiv” degan
iboraning sinonimi sifatida qo’llanadi
Hujjatli manbalar
– (yoki hujjatli materiallar)
arxivlarda saqlanadigan
hujjat va materiallar
Arxivarius
– arxivdagi hujjatlarni saqlovchi shaxs, arxiv xodimi
Ekzekutor
– ish yurituvchi, ijrochi
Arxiv ishi
– arxiv
hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish,
saqlash va ulardan foydalanishni
tashkil etishga oid
faoliyat
Nazorat savollari
1. Idoraviy arxivlar nima?
2. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi sohasida qanday
o’zgarishlar sodir bo’ldi?
3. Rossiya hukmronligi davrida arxiv ishida qanday kamchiliklar mavjul edi?
4. Rossiya
mustamlakachiligi
davrida
yagona
davlat
arxiv
tizimi
shakllanmaganligining sabablari nimalardan iborat, deb o’ylaysiz?
5. Mustamlaka Turkistonda arxiv ishlarini yaxshilashga o’ringan shaxs kim?
6. Turkistonda viloyat va uyezd boshqarmalari arxivlari qanday holatda edi?
7. Graf K. Palen komissiyasi arxiv ishlaridagi qanday kamchiliklarni
oshkor qilgan
edi?
8. Hozirgi kunda chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri hujjatlari qayerda
saqlanmoqda?
9. Bizgacha chor mustamlakachiligi davrida qanday hujjatlar saqlanib qolgan?
10. Rossiya mustamlakachiligi davri arxiv hujjatlari qanday ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: