O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Manbalar va adabiyotlar 
 
Oronyuk B., Aliyev B. Arxivlar – hujjatlar qal’asidir // Sharq yulduzi. 
Oronyuk B. L. K istorii arxivov v dorevolyusionnom Turkestane// Nauchno-
metodicheskiy byulleten. Arxivnogo upravleniya MVD UzSSR. 1957. №1 
Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. 
Tolibov R.N.Arxivshunoslik (Ma’ruzalar matni) Navoiy 2005 . 


15 
4- Mavzu: Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi 
Reja: 
1. Turkiston ASSRda arxiv ishi (1918-1924 yillar) 
2. O’zbekiston SSR da arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yillar) 
3. Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli 
4. 1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi 
1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng arxivlar faoliyati 
sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. 
RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta qurish va 
markazlashtirish to’g’risida” dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq 
arxivlar markazlashtirildi. 
Turkistondagi sobiq arxivlar tugatildi. Arxiv hujjatlari Turkiston ASSRning 
yagona Davlat Arxiv Fondi (DAF) ni tashkil etadi, deb e’lon qilindi. DAFni 
boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari bosh boshqarmasi tashkil 
qilindi. Davlat idoralari bu boshqarmaning ruxsatisiz o’z hujjatlarini yo’q qilish 
huquqiga ega emas, deb ko’rsatildi. Nafaqat 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar, 
balki sovet idoralarida tashkil bo’lgan hujjatlar ham DAFning tarkibiy qismi deb 
e’lon qilindi. Bu hujjatlarni nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga 
topshirildi. Boshqarma Maorif xalq komissarligi xuzurida faoliyat ko’rsatar edi. 
1919 yil 15 noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining qarori 
bilan Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. DAF tarkibiga 1917 yilga qadar 
yaratilgan hujjatlar bilan birga sovet tashkilotlari hujjatlari ham yig’ila boshlandi. 
Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi, keyin davlat arxivlariga topshirilishi 
belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrda kuchga kirdi. 
Joylarda viloyat arxiv fondlari tashkil etildi. Masalan, 1922 yil martda 
Farg’onada, iyunda - Samarqandda, noyabrda – Yettisuvda, 1921 yil martda 
Kaspiyorti viloyatlarida shunday fondlar tashkil qilindi. 
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini 
qidirib topish va yig’ish edi. 1920-1921 yillarda 500dan ortiq fondlar hisobga olindi. 
1921 yil oxirigacha davlat arxivlariga 305 mingdan ortiq, 1922 yilda esa yana 200 
mingga yaqin hujjat topshirildi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling