O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Sochiq va dasturxonlar bilan ishlash qoidasi


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Sochiq va dasturxonlar bilan ishlash qoidasi. Har bir ofitsiant mijozlar bilan 
uchrashishga tayyorgarlik ko‘rayotganda ham, xizmat ko‘rsatish jarayonida ham 
sochiq va dasturxonlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishning muayyan qoidalari 
hamda ko‘nikmalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. 


191 
Dasturxonlar stolga to‘g‘ri to‘shalishi lozim, bunda dasturxonning markazi 
stolning markaziga mos kelishi, chetlari esa stolning oyog‘iga mos tushib turishi 
kerak. Agar dasturuxonda monogramma yoki biron tasvir bo‘lsa, mijozlarga 
ko‘rinadigan qilib to‘shash maqsadga muvofiqdir. Har bir ofitsiant dasturxonni 
to‘g‘ri to‘shashni va mijoz ko‘z o‘ngida almashtirishni ham bilishi lozim. 
Dasturxonni yig‘ishtirishda u kirxonada qanday taxlangan bo‘lsa, shunday taxlanishi 
kerak, ya’ni dasturxon teskari qilib taxlanadi. Chunki dasturxon ichida har xil 
chiqindilar bo‘lishi mumkin.
 
6. Mijozlarga sovuq gazaklarni berishda ishlatiladigan
idish-tovoqlar 
 
Sovuq gazaklarni berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga quyidagilar kiradi: 

kichkina gazak tarelkalari (diametri - 200 mm); 

gazak solinadigan kvadrat idishlar (diametri - 240, 260, 480 va 720 mm) - 
gazaklar, tuzlangan mahsulotlar, qo‘ziqorin va boshqalarda ishlatiladi

baliq mahsulotlari solish uchun idishlar (diametri - 250, 300 mm; uzunligi - 100, 
150 mm) - baliq gastronomiyasi uchun, yog‘li baliq, shprot, sardin, sayra va boshqa baliq 
mahsulotlarida ishlatiladi

uzunchoq idishlar (uzunligi - 350 - 400 mm) - baliq va go‘sht gastronomiyasi, 
buyurtma taomlar uchun ishlatiladi; 

aylana idishlar (diametri 300 va 350 mm) - go‘sht va sabzavot mahsulotlar 
gazagi, buyurtma taomlar uchun ishlatiladi; 

guldonlar (diametri 240 mm) past bo‘yli bo‘lib, firma gazai, shuningdek yangi 
pomidor, bodring, rediska va boshqa mahsulotlar uchun ishlatiladi; 

sous idishlar (hajmi - 100, 200 va 400 sm
3
) - sovuq souslar va qaymoq uchun 
(bittadan olti porsiyagacha) ishlatiladi. 


192 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling