O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

kunduz 
kunlari 
uchun 
taomnomalar 
konferensiya, yig‘ilish, kengash va har xil anjuman qatnashchilariga xizmat qilishda 
tuziladi. Agar ikkinchi nonushta va tushlik bilan kechki taom orasida ham tamaddi 
qilinsa, kunduzgi ovqatlanish uch yoki to‘rt marta bo‘lishi mumkin. Restoranlarga 
tashrif buyuruvchilarning yoshlari, milliy xususiyatlariga qarab taom kaloriyasi har 
xil bo‘lishi mumkin. Kunduzgi taomlar taomnomasi erkin tanlab olish asosida 
bo‘ladi. Ovqatlantirish korxonalarida bunday taomnomalar, agar mijozlar bir toifada 
bo‘lsa, o‘z imkoniyatidan kelib chiqib 10 va 20 kunlik, hattoki bir oylik qilib tuzilishi 


205 
mumkin. Shifoxona, sanatoriy, dam olish uylari va bolalar bog‘chasida kunduzi 
tuziladigan taomnomalarda mijozlarning mehnat faoliyati, taomlarning sifat va 
miqdori xisobga olinadi. Hamma tomonlarini xisobga olib, sutkalik taom uch 
mahalga bo‘linganda nonushta va kechki taom 25 % dan 50 % ga, tushlik esa 50% ga 
to‘g‘ri kelishi kerak. 
Majmuali tushlik taomnomasi uch yoki to‘rt taomni o‘z ichiga oladi. Bu 
taomlar haftaning har kuni uchun har xil bo‘lib, oziqaning fiziologik me’yorini o‘zida 
namoyon qilishi kerak. Taomlar bahosi har kun uchun bir xil bo‘lishi mijozlarning 
ishtaha bilan ovqatlanishiga imkon beradi. Taomnoma 12 kunga tuziladi. 
Restoranlarning tushlik taomlari taomnomasiga har doim bo‘ladigan taomlar ham 
kiritiladi, ularni tayyorlash uncha murakkab emas, mijozga berish ham qiyin 
bo‘lmaydi. Birinchi toifadagi restoranlarda kunduzgi ish soatlarida bunday 
taomnomalar keng qo‘llaniladi. 
Tushlik taom taomnomasi bitta taomdan (ikkinchi issiq taom), ikkita taomdan 
(sho‘rva va ikkinchi issiq taom), uchtadan (sovuq gazak, sho‘rva, ikkinchi issiq), 
to‘rttadan (sovuq gazak, sho‘rva, ikkinchi issiq, shirinlik), beshtadan (sovuq gazak, 
sho‘rva, ikkinchisi baliqli taom, ikkinchisi go‘shtli taom, shirinlik) va oltita 
taomlardan (sovuq gazak, issiq gazak, sho‘rva, ikkinchisi baliqli, ikkinchisi go‘shtli, 
shirinlik) iborat bo‘lishi mumkin.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling