O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Doimiy taomlar taomnomasidan butun mavsum davomida foydalanish 
mumkin. Ular jumlasiga 3 - 4 ta gazaklar, birinchi taomlar - ikkita, ikkinchi toamlar 4 
- 5 ta, shirin taomlar, issiq va sovuq ichimliklar 4 - 5 ta, shuningdek, qandolat 
mahsulotlari kiradi. Taomnomaning bunday tuzilishi mijozlar xohlagan taomlarni 
tanlab olish imkonini beradi. Ayrim taom va gazaklarni yarim hissadan buyurish ham 
mumkin. 
Beshta va undan ortiq taomlardan iborat tushlik bayram yoki banket taomi 
deyiladi. Banketlar uchun tuziladigan taomnomalarning ko‘rinishi badiiy jihatdan 
boshqalardan farq qiladi, chunki uni rasmiylashtirish buyurtma beruvchining 
ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda banketning o‘tkazilish vaqti ko‘rsatiladi. Banket 
ertalab, tushda va kechqurun o‘tkazilishi mumkin. Banketning maqsadi va turiga 


206 
qarab taomnomalar tuziladi. Ofitsiantlar to‘la xizmati bilan o‘tkaziladigan yoki 
qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan banketlar mavjud. 
Banket - tushlik taomnomasida bir necha xil sovuq gazaklar, birinchi taomlar, 
ikkinchi issiq taomlar, shirin taomlar, mevalar va ichimliklar bo‘lishi mumkin. 
Bundan tashqari banket - tushlik taomnomasiga musallas, yarim shirin quvvatli 
vinolar, spirtli va ishtaha ochuvchi ichimliklar shuningdek, har xil turdagi sharbatlar 
kiritilishi mumkin. 
Kechki taom banketi taomnomasiga krabdan tayyorlangan gazaklar, baliq va 
baliq uvildirig‘idan tayyorlangan taomlar, sabzavotlardan tayyorlangan taomlar, 
muzqaymoq, ichimliklar va shampan vinosi kiritiladi.
Ofitsiantlar qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan banketlarda sovuq gazaklar 
assortimenti keng ko‘lamda bo‘lishi mumkin. Issiq gazaklar, ikkinchi issiq taomlar, 
dessert, mevalar, issiq ichimliklar beriladi. Taom va ichimliklar miqdori har bir 
iste’molchini xisobga olgan holda belgilanadi. Har bir kishiga yarim, uchdan bir, 
to‘rtdan bir hissa to‘g‘ri keladi. Bunday taomnomalar to‘ylar, tug‘ilgan kunlar, 
yubiley va boshqa tadbirlar o‘tkazishda qo‘l keladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling