O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Xorijiy turistlar uchun tuziladigan taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Xorijiy turistlar uchun tuziladigan taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari
Xorijiy turistlarning millati Taomlarning o‘ziga xosligi Tavsiya qilinmaydigan taomlar Chexlar va slovaklar Cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlangan kolbasa, sosiska, vetchina keng qo‘llaniladi. Mol go‘shti, buzoq go‘shti, parranda go‘shtini iste’mol qiladilar. Ikkinchi taomlarga mayonez qo‘shishni yaxshi ko‘radilar. Sabzavotli gazaklar, do‘lma, turli buterbrodlar, kisel, kompot, yangi mevalar, konserva qilingan mevalar va qandolat mahsulotlarining hamma turini yaxshi Ikkinchi taomga pishirilgan baliq, go‘sht va qiymalangan go‘sht 210 ko‘radilar. Polyaklar Ularning taomlari ko‘p jihatdan rus va ukrainlarnikiga o‘xshab ketadi. Ammo har xil mayonez va qaymoq qo‘shilgan gazaklar, pomidor va bodring gazaklari, ko‘katlar, qo‘ziqorin sho‘rvasi, baliq uvildirig‘i, qaylali baliqlar, chuchvara, go‘shtli ikkinchi taomlar, qo‘ymoq, sutli taom va asalni juda yaxshi ko‘radilar. Karam sho‘rvani pishirilgan kartoshkalar bilan iste’mol qilishadi. Qo‘y go‘shtidan tayyorlangan taomlar Vengerlar Taomlar tayyorlashda un ko‘p ishlatiladi, shuningdek, qizil qalampir, qaymoq, cho‘chqa yog‘i, milliy taomlarni yog‘li mol, buzoq, cho‘chqa go‘shtidan tayyorlashadi. Sho‘rva, bulyon, shirin taomlar, qandolat mahsulotlarini yaxshi ko‘radilar. Ichimliklarni, jumladan, muzli suvlarni ko‘p iste’mol qilishadi. Baliq uvildirig‘i, kilka, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan taomlar, kesilgan go‘sht, grechka bo‘tqasi va boshqalar Ruminlar Olovda pishirilgan go‘shtni, turli ko‘rinishdagi sabzavotlarni juda yaxshi ko‘radilar. Birinchi taomlardan mastava, sabzavot va qo‘ziqorinli sho‘rvalar, tuzlangan sabzavotlar ikkinchi taomga qo‘shib beriladi. Taomdan so‘ng albatta qora qahva ichiladi. Qo‘y go‘shtidan taomlar va qora non Nemislar Turli - tuman buterbrodlar, cho‘chqa, buzoq, mol, parranda va baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlar, sabzavot mahsulotlari keng iste’mol qilinadi. Qatiq mahsulotlari, tuxumdan tayyorlangan taomlar, kolbasa va sirlarni yaxshi ko‘radilar. Milliy taomlari: tuzlangan Qo‘y go‘shti taomlari va qora non 211 karam bilan sosiska, karam bilan cho‘chqa yog‘i, cho‘chqa bolachasi. Keng tarqalgan taomlaridan sho‘rva - pyure, sabzavot gazagi, sut yoki qaymoq bilan qora qahva. Bolgarlar Yevropa taomlarining hammasini iste’mol qiladilar, eng yaxshi ko‘radiganlari sabzavot, kavkaz choxombililari, qizil qalampir, bug‘doy nonlarni xush ko‘radilar. Yangi sabzavotlarni boshqa narsalar qo‘shilmagan holda beriladi. Qora non Koreyslar Koreyslar taomining xususiyati shundan iboratki, ular go‘shtga qaraganda guruch, dukkakli mahsulotlar va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qiladilar. Sabzavotlarga ozgina suyuqlik qo‘shib, sarimsoq piyoz soladilar. Tuzlangan pomidor, bodring, va har xil narsalarni, shuningdek, shi, borsh, sho‘rva, ikkinchisiga go‘shtli taomlarni va bug‘doy noni, pivo, sovuq suvni yaxshi ko‘radilar. Mineral suvlar, kefir, qahva, kakao, qaymoq, pishloq, suyuq taomlar, garnirli kartoshka, pishloq qo‘shilgan taomlar Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling