O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Xizmat ko‘rsatishning maxsus turlari uchun taomnoma


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Xizmat ko‘rsatishning maxsus turlari uchun taomnoma mintaqadagi 
xalqlarning milliy xususiyatlarini xisobga olib ya’ni «Yangi yil», «Navro‘z» bayrami, 
«O‘qituvchilar» kuni, «Xotira va qadrlash» kuni, «Xalqaro xotin - qizlar» kuni, 
«Mustaqillik» bayrami, «Konstitutsiya» kuni munosabati bilan o‘tkazilganda tuziladi 
va ziyofatlar tashkil qilinadi. Boshqa taomnomalardan taomlar assortimentida farq 
qiladi. Bayram munosabati bilan restoran, kafelarda o‘tkaziladigan tabdirlar restoran 
qoidalariga muvofiq bo‘lib, stol sharqona madaniyatga xos qilib bezatiladi.
Parxez ovqatlanish taomnomasi erkin tanlash taomnomasi yoki majmuali 
taomnoma kabi tuziladi. Assortimenti va parxez raqami bo‘yicha turlicha parxez 
taomlari taqdim etiladi. 
Bolalar uchun taomnomada assortimenti qisqartirilgan, taomlarga turli xildagi 
ertaklardan nomlar qo‘yilishi mumkin. Og‘ir xazm bo‘luvchi taomlar olib tashlanadi 
(qovurilgan va yog‘li taomlar). 


207 
Kunlik ratsion taomnomasi turli xildagi festival, tashriflar, forumlar, turistlar 
hamda delegatsiya a’zolari uchun tuziladi. Ovqatlanish uch yoki to‘rt martalik 
bo‘lishi mumkin (qo‘shimchasiga tushlik vaqti yoki ikkinchi nonushta qo‘shilishi 
mumkin). Bu taomnomani tuzishda tashrif buyuruvchi jamoaning xususiyatlariga 
e’tibor qaratiladi (yoshi, millati, lavozimi va b.). Kunlik ratsion taomnomasining 
kaloriyasi 2000 dan 5000 kkal gacha bo‘lishi mumkin. 
Biznes - lanch taomnomasi alohida ajratilgan vaqtda (soat 12 dan 16 gacha) 
tez xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. Bu ko‘rinishdagi taomnoma hamkasblar 
hamda ishchi xodimlar uchun bo‘lishi mumkin. Agarda biznes - lanch uchta 
taomlardan tashkil topgan bo‘lsa, unda mijoz to‘rtta kursni tanlaydi: birinchi kurs bu 
bir necha turdagi yaxna va issiq gazaklar, ikkinchi kurs - sho‘rvalar, uchinchi kurs - 
asosiy issiq taomlar, to‘rtinchisi esa dessertlardir. Kurs narxiga qo‘shimcha ravishda 
qora qahva yoki choy ham berilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, biznes - lanch 
taomnomasi bir haftalik qilib tuziladi, uni narxlari ham o‘zgarmaydi va alohida 
buyurtmadan arzonroq bo‘ladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling