O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Taomnomani tuzish tartibi va uning turlari


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Taomnomani tuzish tartibi va uning turlari 
 
Taomnomani tuzishda taqdim etilayotgan taomlar ratsioniga juda katta e’tibor 
qaratiladi. Ulardagi oqsil, yog‘lar, uglevodlar, aminokislota va vitaminlar xisobga 


202 
olinadi. Taomnomani tuzishda nafaqat ratsionning narxi, balki taomning ko‘rinishi va 
mazasiga katta ahamiyat beriladi. 
Taomnoma tuzilganda diqqatni jalb qiladigan omillardan biri mavsumiy 
ehtiyojdir. Shu narsa ma’lumki, yog‘li, oqsillarga boy taomlarga qishda talab 
kuchayadi, yozda esa sovuq taomlar, sabzavot, yangi meva - chevalar ko‘proq 
iste’mol qilinadi. 
Taomnomani 2 - 3 xil variantlarda tuzish tavsiya qilinadi, bunda ular taomlar 
ro‘yxati va narxida farqlanadi. Taomnoma mustaqil tanlanishi yoki oldindan 
tayyorlangan majmuali ham bo‘lishi mumkin. Taomnomaga kiritilgan taom va 
gazaklar restoranning butun ish kuni uchun mo‘ljallanganida nonushta, tushlik va 
kechki taom paytlarida ham amal qiladi. 
Taomlarga garnir tanlashda, u asosiy taomga mos kelishini ham xisobga olish 
kerak, masalan, qovurilgan kartoshka, baliqqa pishirilgan kartoshka va b. Hamma 
gazak va taomlarni taomnomaga quyidagi tartibda joylashtirish maqsadga muvofiq: 
sal achchig‘i boridan achchig‘i yuqoriroq tomon, oddiydan murakkab tomon, 
arzonidan qimmatrog‘i tomon va b. 
Taomnoma taomlarning berilishiga, qaysi taom oldin, qaysisi keyin tortilishiga 
mos holda ham tuziladi. Gazak, taom va ichimliklarning taxminiy taomnomasi 
quyidagi tartibda yoziladi
21

Sovuq taom va gazaklar 
 Baliq gastronomiyasi
Sovuq baliq taomi 
 Gazaklar 
 Go‘shtli sovuq taomlar 
 Qush go‘shtdan tayyorlangan sovuq taomlar 
 Sabzavotlardan tayyorlangan sovuq taomlar 
 Sut - qatiq mahsulotlari 
Issiq gazaklar 
21
Kondratev K.P. Organizatsiya proizvodstva na predpriyatiyax obshestvennogo pitaniya. Uchebnoye posobiye. -Ulan-
Ude. Izd-vo: VSGTU.2007. 


203 
 Baliq va go‘shtli mahsulotlar 
 Qushlar va ov qilingan mahsulotlar 
 Sabzavotlar 
 Qo‘ziqorin mahsulotlari 
 Tuxum mahsulotlari 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling