Xulosa. Har bir restoran va ovqatlantirish korxonasi borki, unda o‘zining
darajasi va toifasiga mos oshxona va zal uchun idish - tovoq va anjomlariga ega. U
yerga tashrif buyuruvchilar albatta xizmat ko‘rsatish sifati, taomlarning xushta’mligi
va ko‘rinishi, xodimlar xizmatiga alohida e’tibor qaratishadi. Shuningdek, taomlar
qanday idishlarda suzilganligi, taom ko‘rinishining idishga mosligi, ichimliklarga
mos idishlar har qanday mijozni o‘ziga jalb qilmasdan qolmaydi. Ba’zida
mijozlarning yomon kayfiyat bilan chiqib ketishiga sabab bo‘ladigan eng qo‘pol
hatolardan biri bu idish – tovoqlarning yaroqsiz holga kelib qolganidir. Shu sababli
restoran ma’muriyati idish - tovoq va anjomlarni tanlashda bu kabi omillarni inobatga
olishlari kerak. Zero, «yaxshi va ko‘ngildagidek xizmat - mijoz tashrifining
kafolatidir», - degan fikrni unutmaylik!
Tayanch so‘z va iboralar: chinni idishlar, farfor-fayans idish - tovoqlar, billur va
shisha idishlar, metall idishlar, restoran anjomlari, restoran sochiq va dasturxonlari,
sovuq gazaklar uchun idish - tovoqlar, birinchi va ikkinchi taomlarni berish uchun
idish - tovoqlar, dessert uchun idish - tovoqlar.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
1. Chinni va farfor - fayans idish - tovoqlari haqida ma’lumot bering.
2. Billur va shisha idishlar qanday usulda yasaladi?
3. Metall idishlar haqida ma’lumot bering.
4. Restoran oshxonasida ishlatiladigan anjomlar haqida ma’lumot bering.
5. Restoran oshxonasida ishlatiladigan sochiq va dasturxonlar haqida
ma’lumot bering.
6. Mijozlarga sovuq gazaklarni berishda qanday idish - tovoqlar ishlatiladi?
7. Stolga birinchi va ikkinchi taomlarni berishda qanday idish - tovoqlar
ishlatiladi?
8. Mijozlarga dessertni berishda qanday idish - tovoqlar ishlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |