195
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Chinni va fayans idish - tovoqlar boshqa idishlardan qanday farq qiladi?
A)
Shaklining oddiyligi, noyobligi bilan farq qiladi.
B) Nur o‘tkazmaydigan va rangsiz bo‘yoqlar bilan farq qiladi.
C) Mexanik mustahkam va kimyoviy chidamga egaligi bilan farq qiladi.
D) Mexanik mustahkam va termik turg‘unligi bilan farq qiladi.
2. Qattiq chinnilar qanday xususiyatga ega?
A) Qattiq chinni yuksak mexanik, termik va kimyoviy xususiyatga ega.
B) Nur o‘tkazmaydigan, rangsiz xususiyatga ega.
C) Mexanik mustahkam va termik turg‘unlik xususiyatiga ega.
D) Yaltiroqlik xususiyatiga ega.
3. Shishadan yasalgan idishlar qanday usulda tayyorlanadi?
A) Puflab va presslab
B) Qaynatgan holda
C) Katta bosim ostida
D) Qizdirilgan holda
4. Moltonning vazifasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
A) Himoya
B)
Bezak
C) Dasturxon
D)
Manzara
5.
Haqiqiy salfetkalar birinchi marotaba qayerda qo‘llanilgan?
A) Qadimgi Rimda
B)
Gresiyada
C) Fransiyada
D)
Germaniyada
196
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq: Ma’ruza mashg‘ulotida o‘tilgan «Restoranlar va ovqatlantirish
korxonalarida ishlatiladigan idish – tovoq va anjomlar» mavzusiga qo‘shimcha
oshxonada taomlar tayyorlashda ishlatiladigan idish –
tovoq va anjomlar haqida
ma’lumotlar to‘plang va taqdimotini tayyorlang.
2-amaliy topshiriq: Tasavvur qiling Siz metrdotelsiz!
Restoranda yangi yil bayramini nishonlash uchun
buyurtma qabul qilgansiz. Stol 20
nafar mijozlar uchun
tayyorlangan va Siz oldindan 50% buyurtma pulini olgansiz.
Mijozlar safiga yana 2 nafar mehmon qo‘shildi va jami 22
nafar mehmonlarga xizmat jarayoni boshlandi. Shuningdek,
zalda boshqa mehmonlar ham bor.
Bayram tadbiri avjiga
chiqqan paytda zalda kelishmovchiliklar bo‘lib, natijada
stolda turgan idish – tovoqlar singan. Eng qizig‘i buyurtmachi
mehmon tadbirdan ketib qolgan. Bunday vaziyatda metrdotel
sifatida Siz bu muammoni qanday bartaraf etasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: