O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
Muammoni yechish yo‘llari: 
1. Avval muammoni yaxshilab o‘rganib tahlil 
qiling. 
2. Uning hal qilish yo‘llarini topishda har xil 
usullardan foydalaning. 
3. Ushbu muammoning yechimini topishda 
biron restoran misolida ko‘rib chiqing. 
 
 


197 
9-Mavzu: RESTORAN TAOMNOMASINI TUZISH TARTIBI 
 
 
Reja: 
1. Restoranda foydalaniladigan taomnomalarning 
mohiyati va ularning ahamiyati 
2. Taomnomani tuzish tartibi va uning turlari 
3. Xorijiy 
turistlar 
uchun 
mo‘ljallangan 
taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari 
1. Restoranda foydalaniladigan taomnomalarning 
mohiyati va ularning ahamiyati 
 
Fransiyada 1571 - yilda Karl IX ning saroyidagi ziyofat uchun o‘zida taomlar 
ro‘yxatini aks ettirgan «1 - Taomnoma» ishlab chiqilgan. Bu epizotik voqea 
bo‘lganligi sababli o‘sha paytda «Taomnoma» nomini olmagan. Haqiqiy taomnoma 
100 yil o‘tgach, ya’ni XIV asrning 60 - yillarida Lyudovik XIV ning saroy 
oshxonasiga tushlik buyurtmasi uchun taomlar ro‘yxati sifatida ishlab chiqilgan. 
Ko‘rinishi jihatidan ular qalin qog‘ozdan tayyorlangan kartochkalar bo‘lib, ularda 
taomlar ro‘yxati yagona nusxada qirolga tayyorlangan
19
.
Fransiyada «A la carte» deb nomlangan taomnomadan foydalanilgan va 
mehmonlar o‘zlari xohlagan taomlarni tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. O‘shanda 
mahsulotlarni saqlash maqsadida konservalar va vaakumli qutilar yaratilgan. Qirol 
saroyidagi bazmlarda yuzlab mehmonlar ishtirok etgan. Bu ziyofatlarda 
mehmonlarning darajasiga qarab har xil taomlar tortilgan, ya’ni yuqori darajali 
mehmonlarga eng tansiq taomlar berilgan. 
XIX asr o‘rtalaridan «A la carte» taomnomasidan foydalanila boshlangan. 
Mijoz taklif qilingan ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul taomni tanlash imkoniyatiga ega 
bo‘lgan.
19
Akovbyans Ye.R.Organizatsiya obslujivaniye v restorane. Uchebnoye posobiye. T.: 2007. 


198 
1831 - yilda Nyu - Yorkda ochilgan mashhur «Delmoniko» restorani 
AQShdagi birinchi restoran xisoblanadi. O‘sha davrda AQShda restoran ishining 
rivojlanishiga fransuz an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. 1852 - yilga kelib AQShning 
birinchi klassli har bir mehmonxonasi o‘z fransuz bosh oshpaziga ega bo‘lgan. 
Taomnoma ham an’anaga ko‘ra fransuz tilida yozilgan, bu esa ingliz tilidagi mijozlar 
uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan. «Delmoniko» restoranining sohiblaridan biri Jon 
Delmonikoning sa’y-harakati bilan birinchi marta ikki tilli taomnoma joriy qilingan. 
Unda taomlarning fransuz va ingliz tilidagi nomlari qarama - qarshi joylashtirilgan. 
Bu an’ana saqlanib qolib, yillar o‘tib butun duyoga keng tarqaldi. 
Biz «taomnoma» deb atagan so‘z rus tilidagi «Menyu», asli fransuzcha «tet» 
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uning tub ma’nosi «Nonushta, tushlik, kechki taomlar 
jadvalidir».
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida taomlar, ularga sarflangan 
mahsulotlar va har bir taomning narxi taomnomada ko‘rsatiladi. Iste’mol qilinadigan 
taomlar bilan bir qatorda mijozlarga kulinar mahsulotlar, ichimliklar ham tavsiya 
qilinadi. Taomnoma mahsulot assortimentini xisobga olgan holda tuziladi. Har bir 
restoran va ovqatlantirish korxonasi o‘zining mahsulotlar zahirasi, yil fasli va 
iste’molchilar oqimini xisobga olgan holda taomnomasini tuzadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling