O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Zveno usuli. Bu usul ancha qulay bo‘lib, mijozlarga sifatli va tez xizmat 
ko‘rsatiladi. Ofitsiantlar zveno tarkibiga kiradi va bu guruhga bosh ofitsiant yoki 
metrdotel bosh bo‘ladi. Eng murakkab ishlarni yuqori malakali ofitsiantlar bajaradi. 
Metrdotel buyurtma qabul qiladi, xisob - kitobni amalga oshiradi, doimo zalda 
bo‘ladi. Guruhning qolgan a’zolari zalga taom, ichimliklar, bufet mahsulotlarini olib 
keladi, ishlatilgan idish - tovoq va anjomlarni yig‘ishtiradi. 
Odatda bunday zvenoga har xil toifadagi 3 - 4 nafar ofitsiantlar biriktiriladi. Bu 
zvenoni boshqarish uchun eng tajribali va malakali ofitsiant tayinlanadi. Agar 
zaruriyat tug‘ilib qolsa, metrdotel vazifasini malakali ofitsiant bajarishi mumkin. 
Restorandagi xizmat ko‘rsatish jarayonini shartli ravishda ikki qismga bo‘lish 
mumkin: 
Birinchi qismni iste’molchilar bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri munosabatda 
bo‘ladigan eng yuqori malakali ofitsiantlar bajaradi.
Ikkinchi qismda xizmat ko‘rsatishni boshlashga tayyorgarlik ko‘riladi. Bunda 
ayrim ishlar oldindan belgilab olinadi, mijozlarning oqimiga qarab guruh ishi 
rejalashtiriladi. Ya’ni stolni servirovka qilish, zalga mahsulotlar olib kelish, idish - 
tovoq va anjomlarni tayyorlash kabilarni boshqa ofitsiantlarga topshirish mumkin. Bu 
vaqtda boshqa ofitsiantlar buyurtmalar qabul qiladi, taom va ichimliklarni stolga 
qo‘yadi. Ular faoliyati bosh ofitsiant tomonidan qat’iy belgilanadi. 
Shunga e’tibor berish kerakki, metrdotel doimo zalda bo‘lganda ofitsiantlar 
xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan shug‘ullanadilar. Ular buyurtmalarni qabul qiladi, 
bitta ofitsiant bufetdan mahsulot va sovuq gazaklarni olsa, boshqasi oshxonadan issiq 
taomlarni olib keladi. Idish - tovoq va anjomlarni yig‘ishtirish, stol ustini tozalash 
o‘rganuvchi ofitsiantga topshiriladi. Metrdotel xisob tayyorlab mijozlar bilan xisob - 
kitob qiladi. 
Har kuni har bir zveno o‘rtacha 8 - 10 ta to‘rt o‘rinli stollarga xizmat 
ko‘rsatadi. Stollarni zvenolarga bo‘lganda ularning masofasi ham xisobga olinadi. 
Zveno uchastkalari vaqti - vaqti bilan almashib turadi.


218 
Ofitsiantlarning ish tartibi restoranning ishlab chiqarish, savdo faoliyatini 
xisobga olgan holda belgilanadi. U quyidagicha bo‘ladi: 
1. Zveno usulida 32 - 40 o‘ringa 3 - 4 nafar ofitsiantlar 
2. Yakka usulda 10 - 12 o‘ringa 1 nafar ofitsiant 
3. Konferensiya qatnashchilariga xizmat ko‘rsatishda 10-12 o‘ringa 1 nafar 
ofitsiant 
4. Banket, ofitsiantlarning qisman xizmati 10 - 12 o‘ringa 1 nafar ofitsiant 
5. Banket, ofitsiantlarning to‘la xizmati 6 - 8 o‘ringa 2 nafar ofitsiant 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling