O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoran va kafelarda o‘tish yo‘lagi hamda


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Restoran va kafelarda o‘tish yo‘lagi hamda
kengligining masofalari 
 
O‘tish yo‘lagi 
 
Kengligi, m 
Restoran 
Kafe 
Asosiy 
1,5 
1,2 
Qo‘shimcha: mijozlar 
yo‘nalishi 
1,2 
0,9 
Alohida joylarga o‘tish 
0,6 
0,4 
2-jadval 
Turli sig‘imdagi stollarga o‘rinlarning to‘g‘ri kelishi 
Stollar sig‘imi 
Restoranning toifasi bo‘yicha o‘rinlar soni 
Luks 
Oliy 
Birinchi 
Ikki o‘rinli 
50 
20 
10 
To‘rt o‘rinli 
30 
40 
45 
Olti o‘rinli 
20 
40 
45 


221 
Restoran zalida stollar geometrik va erkin shaklda joylashtiriladi. 
Geometrik shaklda stollar orasidagi o‘tish yo‘laklari devorga nisbatan parallel 
bo‘lishi kerak. Zal markazi keng o‘tish yo‘li bilan ajratiladi. Bundan tashqari bu 
shaklda yordamchi stollar va servantlar ham ularga mos ravishda joylashtiriladi.
Erkin shaklda stollar devorga yaqin joylashtiriladi, yordamchi stollar esa eshik 
yaqinida joylashtiriladi.
Kvadrat stollar shaxmat shaklda qo‘yiladi, bu esa ofitsiantlarga xizmat 
ko‘rsatishlariga qulaylik tug‘diradi. Bunday stollardan banketlarda ham foydalanish 
mumkin.
Aylana shakldagi stollar kvadrat stollarga moslashtirib qo‘yiladi.
To‘g‘ri burchakli 6 o‘rinli stollar devor yoniga yoki kvadrat va aylana 
shakldagi stollarga moslashtirib qo‘yiladi.
Yordamchi stollar ofitsiant ishlashi qulay bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi. Ular 
ustiga maxsus dasturxon to‘shaladi. Yordamchi stollar soni xizmat qilayotgan 
ofitsiantlar soniga qarab belgilanadi. Ularning har biriga biriktirilgan stollar bo‘ladi. 
Yordamchi stollarga qo‘yiladigan talablar:

ular mustahkam bo‘lishi;

ko‘chirib yurish uchun yyengil va qulay bo‘lishi kerak. Harakatlantirishga 
oson bo‘lishi uchun ular g‘ildiraklarga o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Yordamchi stollarda ofitsiantlar shishalar qopqog‘ini ochadi, u yerga idishlarni 
qo‘yadi va taomlarni taqsimlaydi. Bu stollarning kengligi ovqatlanadigan stollar 
eniga teng (800 - 900 mm), bo‘yi ham tushlik qiladigan stollar bilan barobar (730 
mm) bo‘ladi. Yordamchi stollar ovqatlanadigan mijozlarga yaqin va ko‘rinadigan 
qilib o‘rnatiladi, chunki ofitsiant ishini mijozlar kuzatib turishlari mumkin. 
Xodimlarga biriktirilgan stollar guruhi oldida yordamchi stollardan tashqari 
servantlar joylashishi lozim. Bu yerda ofitsiant idish - tovoq va anjomlar, sochiq 
hamda dasturxonlarni saqlaydi. Servantlar ham ovqatlanadigan stollardan uzoqda 
bo‘lmasligi kerak, chunki ofitsiant zarur narsalarni tez olib, mijozlar oldiga qo‘yishi 
uchun qulay qilib qo‘yiladi. Stollar, servantlar va o’rindiqlar devordan 10 - 20 sm 
uzoqlikda joylashishi kerak.


222 
Shuningdek, zalda har 3 - 4 nafar ofitsiantga bitta muzlatgich shkaflar bo‘lishi 
mumkin. Muzlatgich shkaflar ikki xil bo‘ladi: 

O‘rta haroratli. Mahsulotlarni salqinda saqlash uchun - 0°C darajadan + 
10°C gacha. 

Past haroratli. Mahsulotlarni muz holida saqlash. 
Bundan tashqari restoran oshxonasida turli haroratli muzlatgich kameralari 
ham bo‘ladi. Ular turli maqsadlarda foydalaniladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling