227
2-rasm. Sochiq va salfetkalarni taxlash qoidalari
Salfetkani did bilan chiroyli qilib taxlash mijoz uchun ancha qulay bo‘ladi.
Salfetkalarni taxlash xizmat ko‘rsatish turiga bog‘liq.
Har bir ovqatlanish turi va
tadbir mavzusiga qarab salfetkalar har xil taxlanadi. Nonushta uchun salfetkalar
to‘rtga buklanib,
uchburchak, konvert va boshqa shakllarda oddiy qilib taxlanadi.
Tushlik va kechki taomda salfetkalar qalpoqli, kosmos, toj va gul shakllarda
taxlanadi.
Xulosa. Restoranlarda ovqatlanish zalini tayyorlash mas’uliyatli ish
xisoblanadi. Bunda restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning barchasi chin dildan
ishlashlari va xizmatni oliy tashkil etishlari lozim. Ofitsiantlar boshlig‘i yoki
metrdotel kun bo‘yi
mijozlar oldida, zalda butun muhitni boshqarib turadi.
Ofitsiantlar esa mijozlar ko‘nglini olish uchun, hech qanday kamchilik bo‘lmasligiga
harakat qiladilar. Agarda xodimlar o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishsa, bu restoran
obruyi va nufuzini ko‘tarishga sabab bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar: yakka usul, brigada usuli, ish tartibi,
stol va
o’rindiqlarni joylashtirish tartibi, kvadrat stollar,
aylana shakldagi stollar, to‘g‘ri
228
burchakli 6 o‘rinli stollar, zalni xizmat ko‘rsatishga tayyorlash, sochiq va
salfetkalarni taxlash qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: