O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Stolni salfetkalar yordamida bezash


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Stolni salfetkalar yordamida bezash. Salfetka stolda yaxshi dazmollangan va 
yaxshi shakl berilgan bo‘lishi lozim. Uni taxlashning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, 
mehmonga uni ochish uchun oson qilib taxlanishi zarur. 
Stoldagi ziravorlar. Stol servirovkasida stol markaziga qo‘yiluvchi tuz, 
qalampir va boshqa ziravorlar muhim o‘ringa ega. Ziravorlar go‘shtli taomlar bilan 
birga qo‘yiladi, agar taomnomada quyuq taom, baliq va yaxna go‘shtli taomlar 
bo‘lsa, unda qalampir ham beriladi. 
Gullar bilan guldon. Restoranda yoqimli atmosfera hosil qilish uchun stolga 
guldon qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda restoranlarda tabiiylikni aks ettirish 
maqsadida kichik hajmli gullar qo‘yilmoqda. Odatda gullar 3 yoki 5 donadan 
unchalik baland bo‘lmagan guldonga qo‘yiladi.
3. Nonushta uchun servirovka qilish 
 
Xizmatning turi va xarakteriga qarab stol bezashning ya’ni servirovkaning 
murakkablik darajasi har xil bo‘ladi. Agar mehmonxonada turistlarga ertalabki 
nonushta berish uchun stolni servirovka qilganda somsa tarelkasi, gazak anjomlari
choy qoshiq, sochiq - salfetka qo‘yiladi. Taomnomaga asosan yana yog‘ uchun 
pichoq ham qo‘yilishi mumkin. Yevropa turistlari nonushtada albatta choy yoki kofe 
ichadilar. Shuning uchun stol bezatilganda choy va kofe idishlari qo‘yilishi shart. 
Bundan tashqari sut, qand, qiyom, limon idishlari ham qo‘yiladi. Tarelkaning o‘ng 
tomoniga sariyog‘ uchun pichoq qo‘yiladi. Qanddon choy yoki kofe idishining o‘ng 
tomonida turadi, qiyom, sariyog‘ asosiy tarelkaning chap tomonida bo‘lishi kerak. 
Choy yoki kofeni turistlar stoliga issiq taom bilan birga berish mumkin. Yoz 
mavsumida stolga meva mahsulotlaridan qovun, tarvuz va boshqa mevalar 
beriladigan bo‘lsa, ular uchun ham tegishli anjomlar qo‘yiladi. 


238 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling