241
va sharbat uchun stakan, vino uchun bokal bo‘ladi. Asosiy taomning chap tomonida
esa non uchun tarelka, yog‘ hamda pashtet uchun pichoq joylashtiriladi.
2 - tushlik taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi:
7-rasm. Tushlik uchun stol servirovkasi (2-usul)
Ushbu holatda tushlik tarkibi yyengil sho‘rva, gazak, go‘shtli taom va dessertni
qamrab oladi. Tarelkalar bir - biriga ustma - ust piramida shaklida joylashtiriladi.
Chapda
ikkita sanchqi, o‘ngda esa ikkita pichoq va qoshiq qo‘yiladi. Anjomlarni
ishlatish tashqi tomondan boshlanadi. Dessert uchun anjomlar
markaziy tarelkaning
yuqori qismida joylashtiriladi. Qoshiq o‘ng qo‘lga, sanchqi esa chap qo‘lga
moslashtirib qo‘yiladi.
Asosiy taomning diagonal bo‘ylab chap tomonida non uchun tarelka va alohida
pichoq qo‘yiladi. Suv, sharbat uchun bokal va stakanlar ulardan eng yirigi mijozdan
uzoqroqda joylashtiriladi.
1-kechki ovqat taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi:
242
8-rasm. Kechki ovqat uchun stol servirovkasi (1-usul)
Bu xildagi servirovkada kechki ovqat stoli asosiy taom va gazakdan iborat
bo‘ladi. Gazak va asosiy taom tarelkalari biri ikkinchisining ustida joylashtiriladi.
Chapdan ikkita sanchqi, o‘ng tomonda esa ikkita pichoq qo‘yiladi. Diagonal bo‘ylab
o‘ng tomonda aperetiv uchun (vino) bokal, asosiy
taomdan avval ichiladigan
ichimliklar uchun bokal va suv (sharbat) uchun stakan qo‘yiladi.
2-kechki ovqat taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi:
Katta bayramona kechki ovqat odatda o‘z tarkibiga gazak, quyuq sho‘rva,
shuningdek, asosiy taomni oladi. Odatda, u quyuq sho‘rva uzatiladigan tushlik bilan
gazakli kechki ovqatlanishdagi kabi servirovka qilinadi. Bunda ko‘rkam farfor idish -
tovoqlar va laklangan oshxona buyumlari stolni jozibali ko‘rsatadi.
243
9-rasm. Kechki ovqat uchun stol servirovkasi (2-usul)
Bu xildagi servirovka 1 - usuldagi tushlik va 1
- kechki ovqat birlashmasi
xisoblanadi. Muhim jihati bu sho‘rva uchun alohida joylashtirilgan qoshiq
xisoblanadi. U asosiy tarelkaning yuqori qismida joylashtiriladi
va uning dastagi
mijozning asosiy iste’mol qo‘li tomonida bo‘ladi, ya’ni o‘ng qo‘l bilan
ovqatlanadiganlar uchun o‘ng tomonda, chapaqay
odamlar uchun chap tomonda
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: