O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Servirovka qilish jarayonida ofitsiantning


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

6. Servirovka qilish jarayonida ofitsiantning
majburiyatlari 
 
Ofitsiantning ish jarayoni zalni xizmat boshlashga tayyorlash bilan boshlanadi. 
U kelgan mijozlarga ertalabki nonushta, tushlik va kechki taomlarni berish uchun 
xizmat qiladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda keng stollardan foydalanish, har bir 
mijoz uchun stolda 60sm yoki 80sm gacha joy ajratilishi lozim. Har bir stolga 
taomnoma kartochkalarini qo‘yishi mumkin.
Ofitsiantlar nonushtaga tayyorgarlikni quyidagi tartibda amalga oshiradilar: 
► zalda havo almashinuvi yetarli darajadaligini tekshiradi. Agar havo yaxshi 
almashmagan bo‘lsa eshik va oynalar ochiladi yoki ventilyatsiya uskunalari yoqiladi
► ofitsiantlar nonushtaga kerakli barcha anjom va idishlarni tozalab tartibga 
keltiradilar. Bezash anjolari maxsus jovonlarda saqlanadi; 
► ofitsiantlar ba’zan o‘zlari issiq gazaklar va ichimliklar berish uchun kerak 
bo‘lgan idish - tovoqlarni tayyorlaydilar (ko‘zachalar, tarelkalar, tuxum qo‘ygichlar 
va b.) va idishlarni isitish taraddudini ko‘radilar (rechauds). Rechauds tarelkalarni 
isitish va taomlarni issiq saqlash uchun mo‘ljallangan uskuna; 
► stol va o’rindiqlarni ma’lum ketma - ketlikda tartib bilan joylashtiradilar. 
Agar stolda kamchilik bo‘lsa uni to‘g‘irlaydilar. Zalga kirish joyidan boshlab, unga 
qarama - qarshi tomongacha joylashgan stollarga dasturxonlarni yozadilar, agar 
dasturxonlarda biron kamchilik bo‘lsa uni almashtiradilar; 
► stollar buyurtmaga ko‘ra yoki navbatchi taomlar taomnomasiga ko‘ra 
bezatiladi; 
► bosh oshpaz bilan nonushta taomnomasini aniqlashtiradilar; 
► yerto‘la xonasini tartibga keltiradilar. 
Tushlikka tayyorgarlikni ofitsiantlar quyidagi tarzda amalga oshiradilar:
 nonushta tugagandan keyin restoran zalini tekshirib chiqadilar; 
 zalda tushlik uchun kerak bo‘ladigan idish - tovoq va anjomlarni tozalab 
chiqadi hamda maxsus joyga qo‘yadilar; 
 dasturxon va sochiqlarni yig‘ib chiqadilar va tozalariga almashtiradilar


248 
 stol va o’rindiqlarni tushlik taomnomasi bilan ishlash uchun tartibga 
keltiradilar; 
 gullar va dekarativ o‘simliklarning holatini tekshirib chiqadilar; 
 restoranning gigiyena holatini tekshiradilar (kirish qismi, hojatxona, zal); 
 tushlik taomnomalari tayyor bo‘lishini nazorat qiladilar; 
 bosh oshpazdan taomnomada ko‘rsatilgan barcha taomlar bor yoki 
yo‘qligini aniqlashtiradilar; 
 yerto‘la xonalarini tartibga keltiradilar, idish - tovoqlarning barcha turlarini 
ularga ajratilgan joylarga qo‘yib chiqadilar va tarqatish vaqtida tozalikni saqlashga 
harakat qiladilar. 
Agar tushlikka stollar buyurtirilgan bo‘lsa, ularni buyurtmaga asosan 
bezaydilar. Tushlikdan keyin, kechki ovqatga tayyorgarlik vaqtida ofitsiantlar 
ko‘pincha tushlikka kech qolgan mijozlarga xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. 
Zaldan oxirgi mehmon ketganidan keyingina, ofitsiantlar kechki ovqatga 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling