O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Stolni oshxona anjomlari bilan servirovka qilish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
Stolni oshxona anjomlari bilan servirovka qilish. Anjomlar stolga 
qo‘yilishdan avval u yaxshilab yuviladi. Asosiy tarelkaning o‘ng tomonida o‘tkir 
tomoni tarelkaga qaragan holatda oshxona, baliq, gazak uchun pichoqlar qo‘yiladi. 


236 
Chap tomonda esa tishlari yuqoriga qaragan holda tarelka chetidan oshxona, baliq, 
gazak sanchqilari qo‘yiladi. Har bir anjom va tarelka o‘rtasidagi masofa 0,5sm 
atrofida bo‘lishi lozim. Anjomlar bir - biriga parallel va stol chetiga perpendikulyar 
ravishda joylashtiriladi. Anjomlar dastagi hamda stol chetidagi masofa 2sm bo‘lishi 
zarur. 
Dessert anjomlari tarelka yuqorisida quyidagi tartibda joylashtiriladi: pichoq, 
sanchqi va dessert qoshig‘i. Qoshiq va pichoq dastagi o‘ng tomonda, sanchqiniki esa 
chap tomonda bo‘lishi kerak. Taomnomaga qarab stoldagi anjomlar soni belgilanadi.
Quyidagi 3-rasmda oshxona anjomlari yordamida stol servirovkasi 
ko‘rsatilgan. 
 
 
 
 
3-rasm. Oshxona anjomlari yordamida stol servirovkasi 
Shisha idishlar bilan stolni servirovka qilishAlkogolsiz ichimlik uchun bokal 
tarelka va pichoqning o‘tkir tomoni kesishgan chiziq bo‘ylab o‘ng tomonda 
joylashtiriladi. Undan o‘ngroqda va stol chetidan 45 gradus bo‘ylab keyingi ryumka 
va bokallar qo‘yiladi. Barcha bokal va ryumkalar taomlar qaysi navbatda berilishiga 
qarab qo‘yiladi: suv ryumkasi (1) gazak uchun, madera vinosi (2) birinchi taomga, 
reynveyn vinosi (3) baliqli taomga, lafit vinosi (4) issiq go‘shtli taomga, shampan 
vinosi uchun bokal (5) dessertga qo‘yiladi. Gazak uchun odatda yuqori gradusli 


237 
ichimlik yoki o‘tkir vino, issiq taomlar uchun quruq va nimshirin vino, shirin va 
mevali taomlarga shampan vinosi beriladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling