O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Stollarni oldindan bezash - savdo zalini bezashning so‘nggi bosqichi. 
Oldindan stollarni bezash restoran zali intererini to‘ldirib turadi, mehmonlarga xizmat 
ko‘rsatish jarayonini mustahkamlaydi. Bezash shakli restoran darajasiga, uslubi va 
xizmat ko‘rsatish vaqtiga bog‘liq. Ertalab va tushlikda eng minimal bezash, kechki 
paytda esa to‘liq bezash shakli qo‘llaniladi.
Stolni bezash quyidagi talablarga javob berishi kerak:

xizmat ko‘rsatish turi talabiga javob berishi - nonushta, tushlik, kechki 
taom, taomnomadagi gazaklar, ichimliklar talabga javob berishi; 

estetik bo‘lishi - stolning shakliga, dasturxon va sochiqlar rangiga va 
zalning intereriga mos bo‘lishi;

restoran zalining milliyligi va tematik yo‘nalishini aks ettirishi; 


233 

oshxona idish - tovoq va anjomlarining hammasini qoidaga binoan 
qo‘yilishi. 
Ofitsiant mijozdan buyurtmani qabul qilgandan so‘ng stol bezatilganligi 
buyurtmaga mos kelishini tezda tekshiradi va stolga yetishmagan anjomlarni olib 
keladi, ortiqchasini olib ketadi. Chiroyli va zamonaviy idish - tovoqlar, yuqori sifatli 
dasturxonlar stol va restoran zalini bezab, bayramona kayfiyat yaratadi, qulaylik va 
ma’lum darajada ishtahani ochishga yordam beradi. 
Stol servirovkasi aniq tartibga bo‘ysunib ish olib boriladi. Stol servirovkasi 
xizmat ko‘rsatish turiga qarab turli xilda bo‘ladi: nonushta, tushlik (navbatchi va 
porsiyali taomlar), kechki taomda xizmat ko‘rsatish (porsiyali preyskurant bo‘yicha), 
tuzilgan taomnoma bo‘yicha banketlarga xizmat ko‘rsatish va b. 
Quyidagi 1-rasmda stol servirovkasining namunaviy chizmasi ko‘rsatilgan. 
1,6-gazak anjomlari 
2,5-baliq anjomlari 
3,4,7-oshxona anjomlari 
8-oshxona tarelkasi 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling