O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
4. Stol ustiga dasturxon yozish 
 
Servirovkadan avval stol ustiga dasturxon yoki skatert yoziladi. Har bir 
ofitsiant stol ustiga dasturxon yozishni bilishi kerak. Malakali ofitsiantlar bu ish 
uchun alohida usullardan foydalanishadi. Dastlab har bir stolga atalgan dasturxonlar 
qo‘yib chiqiladi. Bunda ofitsiantlar dasturxonlar hajmi stollar yuzi hajmiga to‘g‘ri 
kelishini xisobga olishi kerak.
Dasturxon stoldan qanday yig‘ishtirib olingan bo‘lsa, stollar ustiga shunday 
qo‘yib chiqiladi, so‘ngra ularni stol ustiga yoyiladi. Uning o‘ngi, teskarisini bilib 
yoyish kerak. Dasturxonni yoyishda o‘rtasidagi dazmollangan chiziqlari tutashgan 
joy stol markazida bo‘lishi shart. Gulli dasturxonlar bo‘lganda uning gulli joylari ham 
bir - biriga mos qilib to‘shalishi lozim. 
Uni ofitsiant stolga qo‘yib ikki qo‘li barmoqlari bilan (bosh va ko‘rsatish 
barmoqlari) chetlaridan ushlab, dasturxonni ko‘taradi va xuddi uni silkitgani kabi 
qo‘lini tezlikda pastga tushiradi. Stol va dasturxon o‘rtasidagi havo bo‘shlig‘i 
skatertni istalgan tomongan orastalik bilan to‘g‘irlashga yordam beradi hamda 
skatertning qatlangan joyi stol markaziga to‘g‘ri tushishini nazorat qiladi.
Perpendikulyar qatlam ham stol markaziga to‘g‘ri kelishi lozim. G‘ijim, yaxshi 
dazmollanmagan dasturxon bo‘lsa, ofitsiant dazmollashi yoki almashtirib boshqasini 
to‘shashi kerak. Stolni bezash chog‘ida skatertni g‘ijimlash, tortish va barmoqlar 
bilan teginish mumkin emas. Dasturxonning o‘rta qismi yaxshi dazmollangan 
bo‘lishi, burchaklari stol oyoqlari ustiga tushishi va uni yopishi kerak. Dasturxon stol 
chetidan 25-30 sm tushib turishi kerak ya’ni o’rindiq o‘rindig‘igacha bo‘lishi lozim. 
Agarda dasturxon tushishi me’yordan kam bo‘lsa, ko‘rinishga yomon ta’sir 
ko‘rsatadi, me’yordan oshsa mijozning o‘tirishiga halaqit beradi.
Agarda to‘g‘ri burchakli stolga ikkita skatert yoziladigan bo‘lsa, ulardan 
birinchisi asosiy kirishdan va asosiy yo‘lakka qarama - qarshi holatda yozilishi kerak. 


225 
Ikkinchisi, yuqoridagi skatert yuzasini to‘g‘ri chiziq hosil qilgan holatdan qatlash 
lozim.
Yordamchi stollar va servantlarni ham salfetka yoki dasturxon bilan orasta 
yopib qo‘yish lozim. Agarda xizmat ko‘rsatish jarayonida dasturxonni almashtirishga 
to‘g‘ri kelsa, unda bu ishni sezdirmasdan, mijozlarni kuttirmasdan tez harakat qilib, 
almashtirgan ma’qul. Shuning uchun bunday ishlarni xodimlar mahorat bilan 
bajarishi kerak. Quyidagi 1-rasmda dasturxonni yozish tartibi ko‘rsatilgan. 
 
 
 
 
1-rasm. Stol ustiga dasturxon yozish tartibi 
Toza dasturxonni olib kelgan ofitsiant idishlarni yordamchi stolga qo‘yadi. 
Keyin toza dasturxonning chetlaridan ushlab, almashtirilishi lozim bo‘lgan 
skatertning chetlarini buklaydi. Buklangan dasturxon ustidan tozasini qo‘yadida 
tagidan kir bo‘lgan dasturxonni ohistalik bilan oladi. Shunda bir vaqtning o‘zida stol 
ustiga toza dasturxon to‘shaladi. Bunda stol usti ochiq holda qolmasligi inobatga 
olinadi. 


226 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling