O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Aeroport tizimidagi restoranlarda va samolyot


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

4. Aeroport tizimidagi restoranlarda va samolyot 
bortida xizmat ko‘rsatish 
 
Aeroportda yo‘lovchilarning ovqatlanishi ovqatlantirish korxonalari tomonidan 
amalga oshirilib, ular aerovokzal va aeroport mehmonxonalarida joylashgan bo‘ladi. 
Korxona turi va joylar soniga qarab yo‘lovchilar oqimi aniqlanadi. Aerovokzallarda 
yo‘lovchilar oqimi 50 kishidan 400 kishigacha bo‘lganda kafe faoliyati nazarga 
tutiladi, yo‘lovchilar oqimi 400 kishidan oshganda restoran va kafe nazarga tutiladi.
Aeroportlarda restorandan tashqari hamma ovqatlantirish korxonalari o‘z - 
o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli asosida ishlaydi. Aeroport restoranida esa ertalab va 
tushlik vaqtida majmuali nonushta va tushlik taklif etiladi.
Aeroport bortida ovqatlantirish restoranda tayyorlanadi va yo‘lovchilarga 
aeroport xisobidan beriladi. Unda issiq taomlardan tashkil topgan nonushta (kechki 
taom), sovuq taomlardan tashkil topgan nonushta (kechki taom), majmuali nonushta 
(kechki taom) va yyengil nonushta (kechki taom)lar beriladi. Aeroport bortida 


308 
ovqatlantirishni tashkil etish uchun restoranlar tayyorlanadigan taomlar taqdim 
etiladi. 
 
 
 
6-rasm. Aeroport tizimidagi restoran 
Samolyot bortida ovqatlantirishni tashkil etishda uchish vaqtining davomiyligi, 
kuni, vaqti, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish klassi va boshqa omillar xisobga olinadi. 
Qatnovi 4 soatdan ortiq davom etadigan samolyotlarda bir matralik issiq taom
davomiyligi 6 soatdan oshadigan samolyot reyslarida ikki martalik issiq taom taqdim 
qilinadi. Issiq taom yo‘lovchilarga har to‘rt soatda tortiladi. Bunda taomlar tarkibi har 
safar har xil bo‘lishi lozim. Issiq taom ratsioni xizmat ko‘rsatish klassiga bog‘liq 
bo‘ladi, lekin har doim kamida uch-to‘rtta taomni, shuningdek choy, qahva va 
sharbatlarni o‘z ichiga oladi. Hamma reyslarda ham yo‘lovchilarga yaxna ichimliklari 
beriladi. 
Aeroport restorani samolyot bortida ishlatiladigan asboblar, bort idishlari
oshxona anjomlari bilan ta’minlab beradi. Samolyot bortida taomni tayyorlash 
aeroportning maxsus xizmati talabiga asosan amalga oshiriladi. Uchishdan uch soat 
oldin mazkur xizmat har bir reysga buyurtmani alohida, ratsionlarning turlari va 
miqdorlari ko‘rsatilgan holda, xizmat ko‘rsatish klassiga muvofiq taqdim etadi.


309 
Qoida tariqasida, qisqa va tungi reyslarda yo‘lovchilarga buterbrodlar, 
sendvichlar, turli ichimliklar, sharbatlar, yong‘oqlar, mineral suvdan iborat majmuali 
lanch taklif qilinadi. Ushbu mahsulotlar to‘plamini samolyotda yeyish shart emas uni 
yo‘lovchilar o‘zlari bilan birga olib ketishlari ham mumkin. 
Mutaxassislarning fikricha, yo‘lovchilarda aviakompaniya haqida hosil bo‘lgan 
tasavvurining 70% uchish paytida ovqatlantirish qanday tashkil etilganligi bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Bular bir tomondan, uzoq davom etadigan reyslarda insonning 
ovqatlanishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoji bilan belgilanadi. Ikkinchi tomondan esa
ovqatlantirish yo‘lovchi uchun samolyot bortidagi yopiq muhitda tashkil etadigan oz 
sonli mashg‘ulotlardan biri xisoblanadi.
Bundan tashqari, taomlarni berishda ham farqlar mavjud. Birinchi klassda 
xizmat ko‘rsatish restoran xizmati tartibida amalga oshiriladi: avval gazak, so‘ngra 
issiq taom so‘ng dessert tortiladi. Boshqa klasslarda tushlik birdaniga maxsus 
konteynerlarda tortiladi. 
Stolni bezashda ham farqlar bo‘lib, birinchi klass salonlarida chinni, billur 
idishlar, melxior oshxona anjomlaridan foydalaniladi. Ekonom va biznes-klassda, 
qoida tariqasida, bir martalik yoki ko‘p martalik plastmassa idishlar ishlatiladi. 
Ichimliklarni berishda ularning miqdori va to‘plamiga nisbatan qat’iy 
belgilangan qoidalar mavjud emas, ya’ni har bir aviakompaniya bu masalani o‘z 
mablag‘lariga va milliy xususiyatlarga qarab hal qiladi.
Bundan tashqari chaqaloqlar hamda 2-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan 
taomlar bo‘ladi. Taomlarning har bir turiga «Havo transporti xalqaro uyushmasi» 
(IATA) tasdiqlagan alohida kod beriladi. Chiptani bronlashtirish paytida unga 
maxsus taom muayyan ratsioni buyurtma qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Standart va maxsus ovqatlantirishdan tashqari, ayrim reyslarida yo‘lovchi 
ko‘ngli tusagan (tayyorlab berish mumkin bo‘lgan) taomni buyurtma qilishi mumkin, 
ammo buning uchun qo‘shimcha haq to‘lashi lozim.
Yo‘lovchilarga taom tayyorlash bilan maxsus korxonalar shug‘ullanadi. Bu 
maxsus oshxona - fabrikalar ilmiy asoslangan oziq - ovqat mahsulotlari iste’mol 
qilish me’yorlari va shartlariga muvofiq ratsionlar ishlab chiqadi. Bundan tashqari, 


310 
taom kichik hajmda, yaxshi o‘ralgan bo‘lishi, oson jo‘natish imkoniyati, ko‘rinishdan 
jozibali va ishtahali, plastmassa pichoq yoki sanchqi yordamida iste’mol qilish uchun 
qulay bo‘lishi lozim. Bunday mahsulotni ishlab chiqaradigan maxsus korxonalar, 
qoida tariqasida, aeroportlar qoshida ish olib boradi va shu aeroportlarda xizmat 
ko‘rsatadigan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bunda ular taqdimotlar 
o‘tkazib, 
ularda 
taomnomaning 
standart 
variantlarini 
namoyish 
etadi. 
Yo‘lovchilarning fikri va xohish - istaklarini xisobga olib, ekonom, biznes va birinchi 
klass yo‘lovchilari uchun maxsus ratsionlar ishlab chiqadi. Odatda bunday 
taqdimotlar yilda ikki marta yozda va qishda o‘tkaziladi. Shunga muvofiq barcha 
yirik aviakompaniyalar har yili ikki marta bortda ovqatlantirish ratsionlarini qayta 
ko‘rib chiqadilar.
Barcha ovqatlantirish korxonalar faoliyati zamirida «Standart va yana bir 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling