O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Nonushta uchun stol servirovkasi. Stolni nonushta uchun bezatishning ikki xil 
turi mavjud: 1 - nonushta taomnomasida sovuq taomlar mavjud bo‘lsa, 2 - nonushta 
taomnomasida issiq taomlar bo‘lishi mumkin.
1 - nonushta taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 
Asosiy taom uchun tarelka markazda (yorma/bekonli qovurilgan tuxum va b.) 
joylashtiriladi. Tarelkaning chap tomonida sanchqi (tishchalari yuqoriga qaragan 
holda), o‘ng tomonda esa pichoq (o‘tkir tig‘li tomoni tarelkaga qaragan holda) 
bo‘ladi. Diagonal bo‘ylab asosiy tarelkaning o‘ng tomonida qahva yoki choy uchun 
chashka va uning qoshig‘i joylashtiriladi. Choy qoshig‘i har doim 20 daqiqani 
ko‘rsatgan holda turadi. Asosiy tarelkaning chap tomonida non, buterbrod, yog‘, 
pishiriq yoki shirinliklar uchun somsa tarelkasi qo‘yiladi. Tarelkada alohida 
qo‘shimcha pichoq bo‘lishi va uning o‘tkir tomoni chap tomonga qarab turishi lozim.
4-rasm. Stol servirovkasi jarayoni 
Nonushta uchun stolga: 

asosiy taom pichog‘i va sanchqisi;

somsa tarelkasi va pichog‘i; 


239 

qog‘oz salfetkalar (yoki zig‘irli); 

choy uchun idish va choy qoshiq qo‘yiladi. 
Asosiy tarelka stol ustiga qo‘yilmaydi, sababi nonushta vaqtida taomlar o‘zi 
belgilangan tarelkaga solinib olib kelinadi (ularni olib kelish kerak agarda taom yoki 
gazakni alohida gazak idishi yoki boshqa idishlarda olib kelinsa, lekin bunday qabul 
qilinmagan). 
2 - nonushta taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 
Bunday holatlarda stolga asosiy tarelka, pichoq va issiq taomlar uchun sanchqi 
qo‘yiladi. Taomnomaga binoan saryog‘ uchun pichoq va qo‘shimcha anjomlar 
qo‘yilishi mumkin. Ilk bezatishda asosiy tarelkani stolga qo‘ymaslik mumkin, 
chunki, nonushta taomlari tarelkalarga solingan holda beriladi. 
 
 
5-rasm. Nonushta uchun stol srvirovkasi 


240 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling