O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Tushlik va kechki ovqatlanish uchun servirovka qilish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

4. Tushlik va kechki ovqatlanish uchun servirovka qilish 
 
Kunduzgi taomlar uchun stol oldindan quyidagicha servirovka qilinadi: 

maxsus taomnoma bo‘yicha stolga gazak tarelkasi, oshxona anjomlari 
(pichoq, sanchqi, qoshiq), fujer, salfetkalar, ziravor idishlari va gullar qo‘yiladi; 

taomnoma bo‘yicha stolga kerakli tarelka, pichoq, sanchqi, fujer va sochiq 
- salfetkalar qo‘yiladi; 

kechki stolni bezatishda gazak anjomlari qo‘yiladi, osh qoshiq olib ketiladi; 

tushlik uchun stol servirovkasi (1 - usul). 
1 - tushlik taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 
6-rasm. Tushlik uchun stol servirovkasi (1-usul) 
Tushlikning ushbu ko‘rinishida asosiy taom - quyuq sho‘rva, krem - sho‘rva 
yoki spagetti bo‘lib, bu ko‘rinishdagi taom odatda chuqur tarelkada uzatiladi va 
ovqatlanish boshida taglik vazifasini bajaruvchi ikkinchi taom uchun qo‘yilgan 
tarelkaning markaziga qo‘yiladi. Tarelkaning chap tomonida sanchqi, o‘ng tomonida 
esa pichoq va qoshiq qo‘yiladi. Diagonal bo‘ylab asosiy tarelkadan o‘ng tomonda suv 


241 
va sharbat uchun stakan, vino uchun bokal bo‘ladi. Asosiy taomning chap tomonida 
esa non uchun tarelka, yog‘ hamda pashtet uchun pichoq joylashtiriladi.
2 - tushlik taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 
 
7-rasm. Tushlik uchun stol servirovkasi (2-usul) 
 
Ushbu holatda tushlik tarkibi yyengil sho‘rva, gazak, go‘shtli taom va dessertni 
qamrab oladi. Tarelkalar bir - biriga ustma - ust piramida shaklida joylashtiriladi. 
Chapda ikkita sanchqi, o‘ngda esa ikkita pichoq va qoshiq qo‘yiladi. Anjomlarni 
ishlatish tashqi tomondan boshlanadi. Dessert uchun anjomlar markaziy tarelkaning 
yuqori qismida joylashtiriladi. Qoshiq o‘ng qo‘lga, sanchqi esa chap qo‘lga 
moslashtirib qo‘yiladi.
Asosiy taomning diagonal bo‘ylab chap tomonida non uchun tarelka va alohida 
pichoq qo‘yiladi. Suv, sharbat uchun bokal va stakanlar ulardan eng yirigi mijozdan 
uzoqroqda joylashtiriladi.
1-kechki ovqat taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 


242 
8-rasm. Kechki ovqat uchun stol servirovkasi (1-usul) 
Bu xildagi servirovkada kechki ovqat stoli asosiy taom va gazakdan iborat 
bo‘ladi. Gazak va asosiy taom tarelkalari biri ikkinchisining ustida joylashtiriladi. 
Chapdan ikkita sanchqi, o‘ng tomonda esa ikkita pichoq qo‘yiladi. Diagonal bo‘ylab 
o‘ng tomonda aperetiv uchun (vino) bokal, asosiy taomdan avval ichiladigan 
ichimliklar uchun bokal va suv (sharbat) uchun stakan qo‘yiladi. 
2-kechki ovqat taomnomasi quyidagi stol servirovkasini nazarda tutadi: 
Katta bayramona kechki ovqat odatda o‘z tarkibiga gazak, quyuq sho‘rva, 
shuningdek, asosiy taomni oladi. Odatda, u quyuq sho‘rva uzatiladigan tushlik bilan 
gazakli kechki ovqatlanishdagi kabi servirovka qilinadi. Bunda ko‘rkam farfor idish - 
tovoqlar va laklangan oshxona buyumlari stolni jozibali ko‘rsatadi. 


243 
9-rasm. Kechki ovqat uchun stol servirovkasi (2-usul) 
 
Bu xildagi servirovka 1 - usuldagi tushlik va 1 - kechki ovqat birlashmasi 
xisoblanadi. Muhim jihati bu sho‘rva uchun alohida joylashtirilgan qoshiq 
xisoblanadi. U asosiy tarelkaning yuqori qismida joylashtiriladi va uning dastagi 
mijozning asosiy iste’mol qo‘li tomonida bo‘ladi, ya’ni o‘ng qo‘l bilan 
ovqatlanadiganlar uchun o‘ng tomonda, chapaqay odamlar uchun chap tomonda 
bo‘ladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling