O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Buyurtmalarni oshxonaga topshirish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Buyurtmalarni oshxonaga topshirish. Buyurtma qabul qilingandan so‘ng 
ofitsiant uni navbat bilan bajarishga kirishadi, xizmat qilish jarayonini quyidagi 
ketma - ketlik bo‘yicha amalga oshirishi mumkin. Ofitsiant idish - tovoqlar turadigan 
xonaga kirib, kerakli anjomlarni oladi, sovuq taomlar tayyorlanadigan bo‘limga kirib, 
o‘zi qabul qilgan buyurtmani beradi. So‘ng issiq taomlar tayyorlanadigan bo‘limga 


257 
kirib, issiq taomlarni aytadi. G’aznada mahsulotlarni olish uchun chek yozdiradi. 
Chekni oshpazga bermaguncha ofitsiant taom tarqatadigan joydan ketmasligi kerak. 
Ba’zi restoranlarda buyurtmaning ancha murakkab usuli mavjud. Mijozlar 
guruhda 4 - 6 kishi bo‘lsa, bir necha turli buyurtmalarni bajarishga to‘g‘ri keladi. 
Shunda avval, ofitsiant idish - tovoqlarni oladi va sovuq gazakni oshxonaga buyuradi. 
Suv yoki ichimlikni to‘g‘ridan - to‘g‘ri stolga uzatadi. Shu vaqt oralig‘ida buyurilgan 
sovuq gazak tayyor bo‘lsa, ular spirtli ichimliklar bilan birga stolga qo‘yiladi va issiq 
taom buyuriladi. Ularni ham belgilangan daqiqada tayyor bo‘lganidan so‘ng darhol 
mijozlarga yetkazishi kerak. Agar ofitsiant taomni vaqtida olib kelib mijozlarga 
bermasa, u sovib qoladi. Bir necha mijozlarga bir xil taom va gazaklar beriladigan 
bo‘lsa, ofitsiant uni olib mijozlar oldiga qo‘yadi. 
Tarqatish joyidan taomlarni olgan ofitsiant ularning har birini ko‘rikdan 
o‘tkazishi kerak. Bir xil shaklga ega taomlarda har xil ko‘rinish ya’ni, biri oz, biri 
ko‘p bo‘lsa, ofitsiant bunday taomlarni mijoz oldiga qo‘ymasligi lozim. Shuning 
uchun bunday hollarda bosh ofitsiant yoki ishlab chiqarish mudiri chaqiriladi, yo‘l 
qo‘yilgan xato o’z vaqtida tuzatiladi. Chunki yaxshi shakllanmagan, kuygan yoki 
sovub qolgan taomni mijozga berish - restoran obruyiga putur yetkazishi mumkin. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling