O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Banketlarda xizmat ko‘rsatish tartibi


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

1. Banketlarda xizmat ko‘rsatish tartibi 
 
Restoranlarda qabul marosimlari, yubiley, banketlar, to‘y va boshqa tadbirlar 
o‘tkaziladi. Tashkil qilinadigan banketlar ofitsiantlarning to‘la yoki qisman ishtiroki 
bilan amalga oshiriladi. Banket - furshet, banket - kokteyl, choy - banketlari bo‘ladi. 
Bunday banketlar ko‘pincha xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladi. Banket o‘tkazish 
uchun buyurtma qabul qilish, tayyorgarlik ko‘rish, banketda xizmat ko‘rsatish va 
boshqa xizmatlardan iborat bo‘ladi. 
Buyurtma qabul qilish. Banketlar, tadbirlar va to‘ylarga buyurtma qabul qilish 
yakka yoki guruh buyurtmalaridan tubdan farq qiladi. Bunday buyurtmalar bir necha 
kun, hatto oy oldin beriladi. Aynan belgilangan kun restoran bo‘sh bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun, buyurtmachi oldinroq harakat qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday 
banketlarni o‘tkazishda faqat taom, ichimliklargina emas, balki, yana bir qancha 
masalalar bo‘yicha kelishib olinadi. Buyurtma beruvchi bilan restoran ma’muriyati 
o‘rtasida og‘zaki yoki yozma qator bandlardan iborat shartnoma tuziladi. Tajriba 
shuni ko‘rsatadiki, buyurtma bosh ofitsiantga berilsa, u bilan kelishilsa, banketlar, 
tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tadi, chunki restorandagi butun xizmat jarayoni uning 
rahbarligida amalga oshiriladi. Buyurtma qabul qilishdan oldin bosh ofitsiant 
buyurtmachiga zalni ko‘rsatadi, sharoit bilan tanishtiradi, stollarni joylashtirish 


270 
rejasini tuzadi. Eng hurmatli mehmonlar va boshqa mehmonlarni joylashtirish 
tartibini kelishib oladi. Bundan tashqari stollarni gullar bilan bezash, san’atkorlar 
o‘rni, raqs joylari va boshqa masalalar hal qilinadi. Xizmat ko‘rsatish tartibi, shuning 
bilan birga idish - tovoqlarga yetkazilgan zararni to‘lashni ham tushuntiradi. Restoran 
ma’muriyati taom va ichimliklar bahosini pasaytirish yoki ayrim taom, ichimliklar va 
shirinliklarni majburan berishga haqqi yo‘q.
Buyurtmani rasmiylashtirishga tadbir o‘tkaziladigan sana, boshlanish vaqti, 
tugallanish vaqti, tadbir o‘tkaziladigan joy, qatnashuvchilar soni, dastlabki taomnoma 
va buyurtmaning taxminiy bahosi ko‘rsatiladi. Buyurtma maxsus buyurtmalar 
kitobida belgilangan shaklda ruyxatdan o‘tkaziladi. Buyurtmachi dastlabki 
kelishuvdan so‘ng buxgalteriya kirim orderi asosida 50% dan kam bo‘lmagan 
miqdorda avans to‘laydi. Keyinchalik tadbir boshlanishiga 2 kun qolganda bosh 
ofitsiant buyurtmachi bilan birgalikda buyurtma xisobini rasmiylashtiradi.
Gazaklar, issiq taomlar, ichimliklar, qandolat va boshqalar mahsulotlarga 
buyurtma kamaytirilsa, agar u buyurtmachining taklifi bilan bo‘lsa ham, mahsulot 
bahosidagi pul buyurtmachiga qaytariladi va bosh ofitsiant buyurtmadagi taomlarni 
o‘chirib tashlaydi. Ba’zi hollarda buyurtmachining xohishiga qarab bu qaytariladigan 
summaga boshqa mahsulot berilishi ham mumkin.
Restorandagi tadbir vaqtida qo‘shimcha buyurtmalar beriladigan bo‘lsa, 
ofitsiant xisob bo‘yicha rasmiylashtiradi. Buyurtma xisobiga o‘chirib yozish mumkin 
emas. Buyurtma xisobga turli sabablarga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladigan kunga 
o‘zgartirishlar kiritilayotgan bo‘lsa, buyurtma xisobiga belgilanadi.
Restoran buyurtma qabul qilib bo‘lgan, ammo o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan 
sabablarga ko‘ra tadbirni o‘tkaza olmaydigan bo‘lib qolsa, ma’muriyat yaqin joydagi 
restoranlardan birontasida tadbirlarni tashkil etish chorasini ko‘radi. Bu haqda 
buyurtmachiga belgilagan sanadan 7 - 8 kun oldin habar berishi kerak.
Restoranda tadbir kechalariga belgilangan tartibda musiqa xizmati bilan 
o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Tadbir kechalari o‘tkazilganda restoran 
ma’muriyati tadbirning musiqa dasturiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.


271 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling