O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Inglizcha usul (Guéridon - Service) bo‘yicha xizmat ko‘rsatish taom 
mijozning idishiga yordamchi stolda (inglizcha) solinadi. Avval ofitsiant taom 
tarqatish bo‘limidan olib kelgan taomini mijozlarga ko‘rsatadi, so‘ngra ularning 
ruxsati bilan tarelkalarga soladi va stolga olib keladi. 
Bunday sharoitda xizmat ko‘rsatish texnikasi quyidagi ishlardan iborat: 

ofitsiantning harakatini mijozlar ko‘rishi uchun ovqatlanadigan stol yoniga 
yuradigan kichikroq stol olib kelinadi; 

bu stolga olib kelingan taomlar va isitilgan tarelkalar qo‘yiladi; 

mijozlar ko‘z o‘ngida oshxona anjomlari yordamida ofitsiant taomni 
ularning tarelkalariga soladi; 

chap tomondan taomlar, o‘ng tomondan esa garner solinadi; 

taomni olib kelib o‘ng tomondan o‘ng oyog‘i bilan oldinga bir qadam 
tashlagan holda o‘ng qo‘li bilan mijozlarga tarqatadi; 

ofitsiant o‘ziga qulay bo‘lishi uchun idish - tovoqlar ovqatlanish stolida 
qanday bo‘lsa, yordamchi stolda ham shu tartibda terib chiqadi. Odatda asosiy 
mahsulotlar bilan taom stolning chap qismida, garnir esa o‘ng qismida joylashtiriladi. 
Stolning o‘rtasida tarelkalar turadi. Bu jarayon quyidagi 4 - rasmda ko‘rsatilgan. 
Taomlarni ulush (porsiya)larga bo‘lish quyidagicha amalga oshiriladi: 

kotlet, langet, bifshteks, kartoshka va sabzavot garnirlarini solishda 
ularning tagiga qoshiq qo‘yib bir oz ko‘tariladi. Ustidan sanchqi bilan bir oz qisib 
olinadi va mijozning tarelkasiga qo‘yiladi; 

pishirilgan go‘sht bo‘lagini olishda qoshiq va sanchqini go‘shtning tagiga 
qo‘yib, ko‘tariladi va mijoz tarelkasiga solinadi. Bunda qoshiq sanchqiga nisbatan bir 
yo‘nalishda yoki qarama - qarshi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin; 

shirinliklar, pudinglar, zapekankalarni ofitsiant o‘ng qo‘lida qoshiq va chap 
qo‘lida sanchqi yordamida tarelkaga qo‘yishi kerak, bunda anjomlar bir - biriga 
parallel holatda ushlanadi; 

taomlarni solishda ofitsiant qoshiqni o‘ng qo‘lida, sanchqini chap qo‘lida 
ushlaydi ya’ni, qoshiq bilan sanchqi bir - biriga parallel holda bo‘lishi kerak. 


261 
 
 
 
 
4-rasm. Taomlarni yordamchi stolda olib kelish 
Ba’zi taomlarga garnir yoki sous alohida beriladi, shunday hollarda ofitsiant 
boshqa ofitsiantni yordamga chaqirishi mumkin. Birinchi ofitsiant taomni ulush 
(porsiya)larga bo‘lib beradi, ikkinchi ofitsiant garnir soladi. Agar taom uncha ko‘p 
bo‘lmasa, podnosda ham taomni, ham garnirni olib kelish mumkin. 
Taom keltirishda ofitsiant mijozning o‘ng tomonidan keladi. Chap tomondan 
kelsa ham bo‘ladi, lekin bunda ofitsiantga chap qo‘li bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling