O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Amerikancha usul (Tellerservice - tarelka usulida xizmat)


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Amerikancha usul (Tellerservice - tarelka usulida xizmat). Ushbu usul 
bo‘yicha barcha taomlar tarelkalarda solingan holda mijoz oldiga olib kelib stolga 
qo‘yiladi. Taomlarni uzatishda ofitsiant mijozlarning o‘ng tomonidan borib taomlarni 
qo‘yadi. Chap tomondan turib bo‘sh idishlarni oladi. 


262 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Amerikancha usulda xizmat ko‘rsatish
24
Ruscha usul bo‘yicha xizmat ko‘rsatish texnikasi umumiy tarzda quyidagi 
ishlarni o’z ichiga oladi: 

buyurilgan taomlar idishlarda anjomlar bilan birga stolga oilb kelinadi
taomlarni mijozlarning o‘zlari suzib olishadi, ofitsiant esa ularga yordam berib turadi; 

stolga ofitsiant issiq taom idishi tagiga sochiqcha qo‘yadi. Idish qopqog‘i 
va kosalar maxsus tarelkalarga qo‘yiladi; 

sovuq gazak va taomlar stolga bir paytda, issiq taomlar esa navbati bilan 
beriladi. Ofitsiant taomlarni qo‘yishidan oldin ishlatilgan idish - tovoqlarni 
yig‘ishtirib olib, yangisini qo‘yadi; 

xizmatning bu shakli ichimliklarga ham tegishli. Issiq ichimliklar, kofe va 
choy kofedonda hamda choynakda, shuningdek, samovarda beriladi. Salqin 
ichimliklar va kompotlar esa shisha, grafin va ko‘zalarda beriladi. 
24
Рекомендательный семинар для работника ресторана (официанта). Бармена для Центров Обучения Взрослых 
Узбекистана 2014. 


263 
O‘z - o‘ziga xizmat (Self - Service). Taom berish usulining tarkibiga o‘z - 
o‘ziga xizmat ko‘rsatishni ham kiritish mumkin. Ya’ni, mijoz tarelkaga taomni o‘zi 
solib oladi. Bunday hollarda ofitsiant taomni mijoz tarelkasi yonida ushlab turadi. 
Taomni stol ustiga qo‘yishi yoki juda baland ko‘tarib turishi mumkin emas. Ofitsiant 
taomni mijoz tarelkasiga tomon pastroq tutib turadi. Mijoz tarelkasiga taom 
solinayotganda oshxona anjomlari ofitsiant qo‘lida bo‘lishi, biroq taomdan balandda 
ushlab turishi lozim; tirsaklarni o‘ziga yaqin tutishi, taom solishda, albatta, oshxona 
anjomlarini ishlatishi kerak. 
 
 
 
 
 
6-rasm. O‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling