O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

9-gazak tarelkasi 
10-sho‘rva uchun kosa 
11,12,13-dessert 
anjomlari 
14-somsa tarelkasi 
15,16,17-ichimliklar 
uchun bokal va ryumka 
18-yog‘ uchun pichoq 
1-rasm. Oshxona anjomlari yordamida stol servirovkasi 


234 
Dastlab chinni yoki fayans - farfor idishlar, keyin oshxona anjomlari va undan 
keyin billur hamda shisha idishlar qo‘yiladi. Bokal, fujer, ryumkalarni stolga 
qo‘yishda ularning oyoqchasidan ushlab, tartib bilan joylashtiriladi.
2. Stolni o‘rinlar soni bo‘yicha servirovka qilish 
 
Ikki kishilik stol. Unda rang - barang dasturxonlar yoziladi, o‘rindiqlar bir - 
biriga qarama - qarshi qilib qo‘yiladi. Agar stol devor yoki ustun oldida 
joylashtirilgan bo‘lsa, avval menaj, menajdan oldin gul uchun guldon qo‘yiladi. 
Keyin o‘rindiqlar o‘rtasidan qarama - qarshi stol chetidan 2sm uzoqlikda asosiy katta 
tarelka qo‘yiladi, uning o‘ng tomonida stol chetidan 2sm uzoqlikda unga 
perpendikulyar holatda asosiy taom uchun pichoq o‘tkir tomoni tarelkaga qaratib 
qo‘yiladi. Undan chap tomonda pichoqqa parallel holatda asosiy taom uchun sanchqi 
tishlari tepaga qaratib qo‘yiladi. Chiroyli qilib taxlangan salfetkalar tarelka ustiga 
qo‘yiladi.
Ikkinchi «kuvert» birinchisiga qarama - qarshi qilib qo‘yiladi. Agar 4 kishilik 
stol 2 kishi uchun bezatilsa, kuvertlarni bir - biriga qarama - qarshi qo‘yiladi, 
majmuali anjomlari esa bo‘sh joylarga qo‘yiladi.
«Stol 55 kuvertga mo‘ljallangan» deganda bu stol 55 kishi uchun bezatilgan 
deb tushuniladi. Har bir kishi uchun kuvert pichoq, sanchqi, qoshiq, tarelka, ichimlik 
idishlari va salfetkalardan iborat bo‘ladi. 
Majmuali anjomlar quyidagilardan iborat: gul uchun guldon, menajnitsa, 
qog‘oz salfetka uchun qo‘ygich, tish kovlagichlar, stol raqam, xisob - kitob varaqasi 
va b.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling