O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Stolni oldindan servirovka qilish va


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
1. Stolni oldindan servirovka qilish va 
tayyorgarlik ishlari 
 
«Stol servirovkasi» san’ati bir necha ming yilliklar davomida shakllanib kelgan 
va har bir yangi avlod davomida yuksalgan. U o‘z ichiga ko‘p qirrali va qiziqarli 
ziyofat madaniyatini qamrab olgan. 
Ruscha servirovka so‘z asli fransuzcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, 
«ovqatlanishga tayyorgarlik» degan ma’noni anglatadi. Servirovka qilish bu 
dasturxon bezatish, nonushta, tushlik, kechki ovqat va choyga tayyorgarlik , ya’ni 
ovqatlanish uchun kerakli idish - tovoqlarni stol ustiga ma’lum ketma-ketlikda 
standart asosida qo‘yib chiqish tushuniladi.
Ofitsiant stolga dasturxon yozar ekan, idish - tovoq va anjomlarni zal 
ko‘rinishiga mos holda kamtarona tanlashi hamda mijozlarga ko‘ngildagidek qulaylik 
yaratilishi lozim; idish - tovoqlarning estetik xususiyatlari, shakli, rangi, ko‘rinishi, 
salfetkalarning taxlanishi mijozlarga tantanavorlik baxsh etadi. 
Stol bezatish - ijodiy jarayon bo‘lib, uning ko‘pgina usullari bor. Stol bezash 
restoran toifasi, restoranning xizmat ko‘rsatish turi va yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. 


232 
Shunday bo‘lishi bilan birga ofitsiant mehnatini ilmiy tashkil qilish tamoyiliga 
asoslanib, stol bezatishning umumiy qoidasiga amal qiladi: 

stol bezatishda taomnomaga rioya qilishi (nonushta, tushlik, kechki taom, 
choy, kofe, banketlar); 

stol bezatish oldindan va qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Dastlab, stol bezatish zalni xizmatga tayyorlash jarayonidan boshlanadi. Bu 
mavzuni biz oldingi ma’ruzada ko‘rib o‘tdik. Buyurtmalar bajarilishida ko‘p oshxona 
anjomlari ishlatilmaydi: tarelkalar, fujerlar, oshxona anjomlari (pichoq, sanchqi, 
qoshiq), salfetkalar, gullar va boshqalar. 
Stollarni bezashdan oldin har bir xodim idish - tovoqlarning holati, ya’ni 
tozaligi, singan yoki sinmaganligi, kamchiliklarini tekshirib chiqishi kerak. Agar 
tekshirish davomida idish - tovoqlar chala yuvilganligi yoki singani aniqlansa, zudlik 
bilan almashtirilishi kerak. Bezatishdan oldin idish - tovoq va anjomlar sochiq bilan 
artilishi kerak. Dasturxon va sochiqlar ham servantda saqlanadi va stolga tushashdan 
oldin tekshirib chiqiladi. Agar kamchiliklari topilsa ular almashtiriladi.
Ofitsiantning vazifasiga yana ziravorlarni tayyorlash (tuz qo‘ygich, qalampir
murch, garmdori, cirka, kungaboqar va zaytun yog‘lari) va uning anjomlarini qo‘yib 
chiqish kiradi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling