O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Sochiq va salfetkalarni taxlash qoidalari


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

5. Sochiq va salfetkalarni taxlash qoidalari 
 
Sochiq va salfetkalar. Tushlik, kechki taomlarda, qabul marosimlari
banketlar, to‘ylar va boshqa tadbirli kechalarda polotnodan tayyorlangan salfetkalar 
ishlatiladi. Ular stolni bezaydi, estetik ko‘rinish hosil qiladi. Salfetka taxlashning turli 
usullari mavjud. Ofitsiantning qo‘li salfetkaga qancha kam tegsa, shuncha gigiyena 
jihatidan toza xisoblanadi.
Salfetkalar hamma restoranlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini tejash 
maqsadida stollarga oldindan bezatib qo‘yiladi. Quyidagi 2-rasmda sochiq va 
salfetkalarni taxlash qoidalari ko‘rsatilgan. 


227 
2-rasm. Sochiq va salfetkalarni taxlash qoidalari 
Salfetkani did bilan chiroyli qilib taxlash mijoz uchun ancha qulay bo‘ladi. 
Salfetkalarni taxlash xizmat ko‘rsatish turiga bog‘liq. Har bir ovqatlanish turi va 
tadbir mavzusiga qarab salfetkalar har xil taxlanadi. Nonushta uchun salfetkalar 
to‘rtga buklanib, uchburchak, konvert va boshqa shakllarda oddiy qilib taxlanadi. 
Tushlik va kechki taomda salfetkalar qalpoqli, kosmos, toj va gul shakllarda 
taxlanadi. 
Xulosa. Restoranlarda ovqatlanish zalini tayyorlash mas’uliyatli ish 
xisoblanadi. Bunda restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning barchasi chin dildan 
ishlashlari va xizmatni oliy tashkil etishlari lozim. Ofitsiantlar boshlig‘i yoki 
metrdotel kun bo‘yi mijozlar oldida, zalda butun muhitni boshqarib turadi. 
Ofitsiantlar esa mijozlar ko‘nglini olish uchun, hech qanday kamchilik bo‘lmasligiga 
harakat qiladilar. Agarda xodimlar o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishsa, bu restoran 
obruyi va nufuzini ko‘tarishga sabab bo‘ladi. 
Tayanch so‘z va iboralar: yakka usul, brigada usuli, ish tartibi, stol va 
o’rindiqlarni joylashtirish tartibi, kvadrat stollar, aylana shakldagi stollar, to‘g‘ri 


228 
burchakli 6 o‘rinli stollar, zalni xizmat ko‘rsatishga tayyorlash, sochiq va 
salfetkalarni taxlash qoidalari. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling