O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Oshxona idish - tovoqlari, anjomlarini olish va


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

3. Oshxona idish - tovoqlari, anjomlarini olish va 
xizmat boshlashga tayyorlash 
 
Restoran ichini tozalab bo‘lgandan keyin, stollar joy - joyiga qo‘yilgach, 
ofitsiantlar guruhi restoran ochilishidan 2 soat oldin idish - tovoqlar, sochiq va 
dasturxonlar saqlanadigan xonadan keraklilarini oladi hamda stol bezatishga 
kirishadi. Ular stollar soni va kelishi mumkin bo‘lgan mijozlarni mo‘ljallab harakat 
qiladi. Ba’zi restoranlarda sochiq, dasturxon, salfetkalarni navbatchi ofitsiantlar oladi. 
Anjomlarni olishda ularning holatiga e’tibor berish zarur, ya’ni dasturxon, sochiq, 
salfetkalar toza, kraxmallangan va dazmollangan bo‘lishi shart. Idishlar esa, 
sinmagan, darz ketmagan, hammasi bir nusxada bo‘lishi kerak. Bu olingan 
anjomlarning hammasi ofitsiant servantiga joylashtiriladi. Ish unumli bo‘lish uchun 
ofitsiant servanti tartibli bo‘lishi lozim. Servantning yuqorisida oshxona anjomlari, 
o‘rtasida tarelkalar, pastki qismida sochiq va dasturxonlar bo‘ladi. Idish - 
tovoqlarning bir qismi ya’ni issiq taom suzilishi kerak bo‘lganlari iliq holda 
saqlanadi. Foydalanilgan idishlar o‘rniga ofitsiant tozasini olib kelib qo‘yadi. 
Ofitsiant xizmat ko‘rsatayotgan stollariga kerakli va yetarli idish - tovoq, 
anjomlarni olishi kerak. Stol bezash uchun kerakli idish - tovoq va anjomlarni 
tashishda ofitsiant uch qavatli aravachadan foydalanadi. Yuqori qavatda tarelkalar, 
o‘rta qavatda anjomlar turadi. Stol yasatishdan oldin olingan hamma idishlarning 
yuvilishi, sifati, tarelka va anjomlarning holati tekshirib ko‘riladi. Kamchiligi bo‘lsa 


223 
tezda almashtiriladi. Ofitsiant qo‘l sochiq bilan idishlarni artadi. Idishlarni artganda u 
quyidagilarga rioya qiladi: 

chap qo‘lda sochiqcha bilan tarelka ushlanadi, sochiqning ikkinchi tomoni 
bilan o‘ng qo‘lda aylantirib tarelka artiladi; 

u ryumka va qadahlarni chap qo‘l bilan pastidan ushlanadi, sochiqcha bilan 
o‘ng qo‘lda, bosh barmoqni idish ichiga qo‘yib, boshqa barmoqlar bilan sirti artiladi

uzun qadahlarni ehtiyot bo‘lib artish kerak. Ichiga sochiqning uchi qo‘yib 
artish kerak. Undan so‘ng quruq sochiq bilan yana artadi; 

pichoqlarning bir nechtasini chap qo‘l bilan sopidan ushlanadi va o‘ng 
qo‘ldagi sochiq bilan yaltiraguncha artiladi. Pichoqning o‘tkir tomoni teskari turishi 
kerak. So‘ngra ularni salfetka solingan tarelkaga taxlaydi; 

sanchqi va qoshiqlar ham pichoqqa o‘xshab artiladi hamda tozaligi 
tekshiriladi; 

chashkalar sochiq bilan chap qo‘lga olinib, ichi va sirti artiladi; 

dasturxon bezash uchun tayyorlangan tarelka va anjomlar, shisha idishlar 
ehtiyotlik bilan yordamchi stolga qo‘yiladi hamda salfetka solingan podnosga 
teriladi; 

yakka holda foydalaniladigan idish - tovoq va anjomlar, fujer, ryumkadan 
tashqari har bir stolga tuz, murch va qalampir idishlari, gul uchun guldon, qog‘oz 
salfetkalari ham qo‘yiladi. Bu idishlar quruq va undan ziravorlar erkin sepilishi 
lozim. Bunday idishlar billur, shisha yoki chinnidan yasalishi, chetlari 
zanglamaydigan temir bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Tuzdonga to‘ldirib tuz 
solish kerak emas, chunki u nam tortib qolishi mumkin. Garimdori idishining 
yarmigacha qalampir solinadi. Garimdori idishining qopqog‘i ancha vaqt ochiq qolsa, 
u yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Murch idishi ham to‘rtdan uch qismga 
to‘ldiriladi; 

gorchitsa idishi ham to‘rtdan uch qismi to‘ldiriladi;

kuldon ham o‘ziga xos xizmat talab qiladi. Chinni idishlar singari ularni 
ham sochiq bilan artib turish kerak; 


224 

ofitsiantning qo‘l ostida har doim pista yog‘i, sirka bo‘lishi kerak. U 
mijozlar talabiga binoan beriladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling